Meksika qatorasiga 7-marotaba 1/8 finalda mag'lub bo'ldi
02 iyu 2018 22:43
Yangiliklar


Meksika qatorasiga 7-marotaba 1/8 finalda mag'lub bo'ldi
Xabar berganimizdek, bundan bir necha daqiqa avval Meksika terma jamoasi JCH-2018dagi ishtirokini yakunladi.
SHimoliy Amerika jamoasi nimchorak final uchrashuvida Janubiy Amerika vakili Braziliya terma jamoasiga imkoniyatni boy (0:2) berib qo'yishdi. Bu bilan meksikaliklar qatorasiga ettinchi mundialda ham 1/8 finaldan o'ta olishmadi.
Malumot uchun, Meksika terma jamoasi so'nggi bor 1986 yilgi jahon chempionatida 1/4 finalda o'ynashgan edi. 1990 yilgi mundialni esa ular diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuborishgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar