Meksika - Kamerun. Jamoalarning JCHdagi ilk to'qnashuvi. Prevyu
13 iyu 2014 11:59
Yangiliklar
Meksika - Kamerun. Jamoalarning JCHdagi ilk to'qnashuvi. Prevyu
Bugun JCH-2014 doirasidagi “A” guruhining ikkinchi uchrashuvi o'tkaziladi.
Unda nimchorak finalga chiqish uchun imkoniyati biroz pastroq baholanayotgan Meksika va Kamerun terma jamoalari “Arena Dunas”da o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Bu ikki jamoa Jahon chempionatlari tarixida ilk bor o'zaro to'qnash kelishadi. 1993 yil bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Meksika Kamerunni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.
“A” guruhida Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari favorit hisoblanmoqda. Ammo buni hali amalda isbotlash kerak. Bugungi o'yinda Meksika va Kamerunning imkoniyatlari deyarli teng baholanmoqda.
"Acteklar" ustozi Migel Errera qisqa fursat ichida terma jamoa o'yinida taktik o'zgarishlarni amalga oshirdi. Meksika 5-3-2 sxemasida o'ynashga o'tdi. 35 yashar tajribali Rafael Markes boshchiligidagi himoya qo'rg'onini buzib o'tish afrikaliklarga bugun qiyinchilik tug'dirishi aniq.
O'z o'rnida Kamerun himoyachilariga hujum chizig'ida London olimpiadasi chempionlari - Peralta va Jovani dos Santos, shuningdek, o'tgan mavsum “Manchester Yunayted” zaxira o'rindig'ida ko'p vaqtini o'tkazgan Xaver Ernandesni ushlab qolish oson kechmasligi aniq. CHicharito aynan shu mundialda MYUning asosiy tarkibiga munosib ekanligini isbotlashga harakat qiladi.
Meksika terma jamoasida yo'qotishlar ham yo'q emas. Jarohati sabab Xuan Karlos Medina va Luis Montes Braziliyaga kelishmagan. Ularning o'rniga Errera “Bayer” klubli yarim himoyachisi Andres Guardado, “Portu” azosi Ektor Errera hamda katta tajribaga ega bo'lmagan Xose Xuan Vaskes triosini jalb qildi. Bu futbolchilar o'tgan hafta Portugaliya terma jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirildi va sinab ko'rildi.
Xabaringiz bor, bu o'yinda Portugaliya Alveshning 90-daqiqada kiritgan goli evaziga g'alaba (1:0) qozongan edi.
Germaniyalik mutaxassis Folker Finke Kamerun terma jamoasini 2013 yilning may oyida qabul qilib olgandi. U terma jamoani 4-3-3 sxemasi asosida o'ynatmoqda. Yani hujumkor taktika tanlangan. Jamoaning yarim himoya markazida biroz muammolar bor. Yaqinda Kamerun Braziliyada chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblangan Germaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:2 hisobidagi jangovor durangga imzo chekdi.
Hujum markazida tajribali Samuel Eto'O, qanotlarda Erik CHupo-Moting va Benjamin Mukanjolar ancha havfli hisoblanadi.
Franciyaning “Marsel” klubidan Nikolya N'Kulu hamda “SHalke”dan Joel Matiplar markaziy himoya qo'rg'onini tashkil etishadi. Turkiyaning “Konyaspor” klubi darvozasini ishonchli tarzda qo'riqlab kelayotgan CHarlz Itanj ham bugungi o'yin oldidan yaxshi sport formasida.
Xullas, bugun “A” guruhining ikkinchi uchrashuvini o'tkazib yubormang.
MEKSIKA - KAMERUN
13 iyun. 21:00.
Natal. “Das Dunas” stadioni.
Bosh hakam: Vilmar Roldan (Kolumbiya)
Yordamchi hakamlar: Umberto Klavixo, Eduardo Diaz (ikkisi Kolumbiya)
To'rtinchi hakam: Norbert Xauata (Taiti)
Terma jamoalarning taxminiy tarkiblari
MEKSIKA: Ochoa, Agilar, Rodriges, Markes, Moreno, Layun, Errera, Vaskes, Guardado, Dos Santos, Peralta
KAMERUN: Itanj, Jeugun, Matip, Nkulu, Bedimo, Eno, Song, M`Bia, Mukanjo, Eto'O, CHupo-Moting
Kamoliddin Alimov tayyorladi.

Fikrlar