Mehribonlik uyi bolalari “Bunyodkor”da
29 may 2015 18:22
Yangiliklar
Mehribonlik uyi bolalari “Bunyodkor”da
28 may, payshanba kuni, “Bunyodkor” futbol klubi va stadioni tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.
1 iyun - Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan “Bunyodkor” futbol klubi va stadioni 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mintaqamizning eng go'zal va zamonaviy arenasiga taklif etishdi.
Ota-onalar qarovisiz qolgan bolakaylar “Bunyodkor” futbol maktabi va stadioni bo'ylab ekskursiyada ishtirok etishdi. SHunindek, bir piyola choy ustida dildan suhbat uyushtirildi. “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti - Bosh direktori Baxtiyor Boboev, “Bunyodkor” stadioni direktori Vohid Zokirov, futbolchilar Sardor Rashidov va Anvar Berdiev mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini bayram bilan muborakbod etib, sovg'a-salomlar ulashishdi.
Bolalar maroqli lahzalar uchun minnatdorchilik izhor qilishdi va “Bunyodkor” futbol maktabida tahsil olayotgan tengdoshlarini o'z futbol maydonlarida uchrashuv o'tkazish uchun taklif qilishdi.

Fikrlar