So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  5 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Mehr - ko'zda. "Lokomotiv" PFK bemor bolalarga sovg'alar ulashdi (FOTO) Yangiliklar

Mehr - ko'zda. "Lokomotiv" PFK bemor bolalarga sovg'alar ulashdi (FOTO)

Teglar :  Lokomotiv
Bugun 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Bugun shuningdek, yoz faslining birinchi kuni.

Bugungi bayram munosabati bilan "Lokomotiv" PFK vakillari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo'limiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad, bemor bolakaylarga sovg'alar ulashib, ularning ko'nglini ko'tarish edi.

Futbol qiroli Pele faoliyatini tugatayotib bejizga "Bolalarni asrang!" demagan. Zero, bolalar bizning kelajagimizdir. Xabaringiz bor, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan 2016 yil - "Sog'lom ona va bola yili" deya elon qilindi. SHu munosabat bilan ham kasalxonaga tashrif ayni muddao bo'ldi.

Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo'limida davolanayotgan bolajonlarni "Lokomotiv" PFK bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov, Timur Kapadze, Ivan Nagaev, Mamur Ikromov, Sergey Proxorov, Oleg Zoteev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Sadriddin Abdullaev kabi futbolchilar, jamoa mamuri Baxtiyor Ismoilov va Ulug'bek Usmonxo'jaev, shifokor Abror Pirriev hamda massajchi Abdurahim Sarimsoqovlarning kutilmagan tashrifi juda xursand qildi.

Bemor bolakaylarni shuningdek, taniqli so'z ustasi SHukrullo Isroilovning ham o'z sovg'a-salomlari bilan kelgani to'lqinlantirib yubordi. "Lokomotiv" PFKning mazkur tashrifidan kasalxona shifokorlari, u erda davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari juda mamnun bo'lishdi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика