So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  2 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  16 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67

Mehmonxonadan arenagacha bo'lgan xayollar, Bahodir Ahmedovning kiyinish xonasidagi gaplari va navbatdagi raqib kim bo'lishi haqida - Akbar Usmonov bilan intervyu Yangiliklar

Mehmonxonadan arenagacha bo'lgan xayollar, Bahodir Ahmedovning kiyinish xonasidagi gaplari va navbatdagi raqib kim bo'lishi haqida - Akbar Usmonov bilan intervyu

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Misr (2:1) uchrashuvidan so'ng futzalchimiz Akbar Usmonov fikrlarini bildirdi.

- Akbar aka, dastlab Misr bilan o'yin hissiyotlari, kechinmalari haqida to'xtalib o'tsangiz...

- Kechagi uchrashuv barchamiz uchun xursandchilik bilan yakunlandi. Ushbu natija yurtimiz tarix zarvaraqlaridan o'rin oladi. Buning uchun avvalambor Yaratganga, oila azolarimiz, murabbiylarimiz va muxlislarga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

- Birinchi turdagi alamli mag'lubiyatdan so'ng bizni kuchli raqib Rossiya kutib turgandi. Ushbu uchrashuvga Bahodir Ahmedov qay darajada tayyorlay oldi? Darvozabonimiz shu kuni juda yaxshi turdi...

- Birinchi o'yin hammamiz uchun qiyin va alamli tarzda o'tdi. Buning sabablari ko'pchilikka malum. Tarkibimizni aksariyat qismini yoshlar tashkil qiladi. Bunday uchrashuvlarda tajriba katta sahnaga chiqadi. Rossiyaga qarshi uchrashuv ajoyib o'tdi. O'ylaymanki, tarkibida top-darajadagi o'yinchilari bor jamoaga qarshi munosib kurasha oldik. Darvozabonlarga to'xtaladigan bo'lsak,  Rustam Umarovni hammamiz yaxshi bilamiz. Bu insonning terma jamoamizga ketkazgan mehnatlari beqiyos. SHunchaki Gvatemala bilan bahs Umarovning kuni emasdi. Ravshan Eliboev o'ziga bildirilgan ishonchni ortig'i bilan oqladi. G'alabalarimizda Ravshan akamni hissasi katta. 

- Misr bilan o'yin kuni mehmonxonadan arenaga kelguningizga qadar qanday hissiyotlar o'tdi? Bahodir Ahmedov uchrashuv oldidan kiyinish xonasida nimalar deganini ayta olasizmi? Menimcha, bu ko'pchilikka qiziq...

- Avtobusga o'tirar ekanman, Yaratgandan tinmay so'radim. Ey Alloh, o'zing buyuksan, ota-onamni, yaqinlarimiz, xalqimizni o'yin natijasi bilan quvontir, nima bo'lishidan qatiy nazar guruhdan chiqishni nasib qilgin, degan xayol bilan arenaga etib bordim. Qolgan hissiyotlarni so'z bilan tariflash qiyin. Bahodir aka bizga ishonishlarini, xalqimiz va yaqinlarimiz uchun bayram qilib berishimizni so'radilar. 

- Tarixiy natija qayd etishni uddaladingiz. Buning uchun katta rahmat aytib qolamiz. Keyingi raqib Argentina yoki Eron. Ulardan qaysi biri bilan ro'baro' kelishimizni istaysiz?

- Endi bizga farqi yo'q. Buyog'iga har bir o'yin finalga teng bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика