So’nggi yangiliklar

14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  0 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  0 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  5 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  2 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  2 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  1 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  21 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  11 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  8 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  5

"Mehmonxonada qolib, oilam bilan skayp orqali suhbatlashyapman". Tedesko koronavirus tufayli o'zgargan Moskva hayoti haqida gapirdi Yangiliklar

"Mehmonxonada qolib, oilam bilan skayp orqali suhbatlashyapman". Tedesko koronavirus tufayli o'zgargan Moskva hayoti haqida gapirdi

Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko koronavirus pandemiyasi sharoitida o'z vaqtini qanday o'tkazayotganini malum qildi.

"Men yolg'iz yashayman, albatta, bu yomon holat. Rafiqam va 3 yoshli qizim ayni paytda Germaniyada, men ular bilan skayp orqali muloqot qilib turibman. Mehmonxonada murabbiylar shtabidan faqat ikki kishi turibmiz. Hech bo'lmasa, birgalikda kofe ichishimiz mumkin. Bir nechta tamaddixonalar ishlayapti. Yaqin atrofda 25 kishi ishlaydigan italya oshxonasi bor edi, hozir u erda faqat 6 kishi ishlayapti. Metro hamon ochiq va tasirli ko'rinishda: oldin u erda odam ko'p, qadam bosish uchun joy topishga qiynalardingiz, hozir esa bo'sh.

Ishimga keladigan bo'lsak, biz to'xtadik va kutyapmiz. Men mehmonxonada qoldim, hech qaerga ketmayman. Hammasi 5 ming kishilik tadbirlarning taqiqlanishidan boshlangandi. Keyin esa miqdor 50 kishiga qisqartirildi, aslida, o'ynashning iloji ham yo'q edi. Futbol rasman 10 aprelga qadar to'xtatildi, mashg'ulot ham o'tkazmayapmiz. Tabiiyki, hammasi iziga tushgach, mavsumni qayta boshlash uchun imkon bo'ladi, deb umid qilyapmiz. Salomatlik birinchi o'rinda turadi.

Men bu vaqtdan malumotlarni tahrir qilib, bo'lajak mashg'ulotlarga tayyorlanish uchun foydalanman. Umid qilamanki, keyingi tur 10 aprelda bo'ladi. Biz futbolchilarga uyda qolib oila azolariga vaqt ajratish uchun 7 kun vaqt berdik", — dedi Tedesko "Tuttomercatoweb" internet-nashriga bergan intervyusida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика