"Mehmonda g'alaba qozonish mavzusida master-klass". Skoulz - "Atletiko"ning MYU ustidan g'alabasi haqida
16 mar 2022 10:16
Yangiliklar


"Mehmonda g'alaba qozonish mavzusida master-klass". Skoulz - "Atletiko"ning MYU ustidan g'alabasi haqida
"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi Pol Skoulz manchesterliklarning CHL 1/8 final javob o'yinida "Atletiko"dan yutqazgani haqida gapirdi.
"Atletiko" bu kurashda himoyalanishga tayyor edi. Menga Simeonedan chiqayotgan ehtiroslarni kuzatish yoqadi. Mehmonda g'alaba qozonish mavzusida haqiqiy master-klass bo'ldi.
MYU qaytishga urindi, ammo o'z o'yinida mahrat etishmayotganini sezdi va qurilgan devorni buzib o'ta olmadi. Aslida, Savich bilan Ximenes ushbu devorning g'ishtlari edi", - deydi Skoulz.
Ilk o'yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. "Atletiko"ning raqibi 18 mart kuni bo'lib o'tadigan qura tashlash marosimidan so'ng malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar