So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Mehdi Taremi: "Hozirgi murabbiy bilan jahon chempionatiga chiqa olamiz" Yangiliklar

Mehdi Taremi: "Hozirgi murabbiy bilan jahon chempionatiga chiqa olamiz"

Teglar :  Mehdi TaremiEron
Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi OFK saytiga intervyu berdi.

Portugaliyaning "Portu" klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchi o'z intervyusida terma jamoa bosh murabbiyi Dragan Skochich nomiga iliq fikrlarni bildirdi. 

"Hammamiz Dragan Skochichni yaxshi bilamiz. U Eronda bir necha yil ishlagan hamda futbolchilarni juda yaxshi biladi. Uning har bir o'yin uchun o'z rejasi bor, futbolchilar bilan dildan gaplashadi, jamoadan nima xohlayotganini uqtira oladi. Men murabbiy bilan gaplashganimda uning naqadar mehnatkash va rejali inson ekanini ko'rdim. O'ylashimcha, bu murabbiy bilan bemalol jahon chempionatiga chiqa olamiz. O'z navbatida men ham jamoa uchun borimni berishga tayyorman".

Dragan Skochich shu yilning fevral oyida bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri forslar faqat bitta o'yinda maydonga tushishdi. Toshkentda O'zbekiston MTJ bilan kechgan bahsda 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi va gollardan biri Taremi hisobiga yozildi.

Skochich murabbiylik faoliyati mobaynida Xorvatiya, Sloveniya, Quvayt va Saudiya Arabistonida ham ishlagan. U 2013 yildan beri Eronda mehnat qilib kelmoqda. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика