So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

MDH kubogida akrobatik tarzda gol urgan Bahodir Nasimov “Rubin”ga qanday qilib borib qolgandi? Yangiliklar

MDH kubogida akrobatik tarzda gol urgan Bahodir Nasimov “Rubin”ga qanday qilib borib qolgandi?

2010 yil MDH kubogida “Bunyodkor” tarkibida maydonga tushgan hujumchi Bahodir Nasimov musobaqada ajoyib o'yin ko'rsatgandi.

O'tkazilgan to'rtta uchrashuvda beshta gol urib, goleadorlik hislatini namoyish qilgani yodingizda bo'lsa kerak. Ayniqsa, guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvda Moldovaning “Dachiya” darvozasiga akrobatik tarzda kiritgan to'pi skautlarni etiborini o'ziga jalb qilgandi. O'sha musobaqani Nasimovning o'zi shunday yodga oladi:

“O'sha paytda Samarqandning “Dinamo” jamoasida o'ynardim. Meni “Bunyodkor”ga Erkin Baydullaev va Azamat Abduraimov tavsiya qilgan ekan. "Seni poytaxtga taklif qilishmoqda, borasanmi?"-, deb so'rashdi. Buni rad qilmadim va rozi bo'ldim. Toshkentda bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashganimdan so'ng murabbiy Hikmat Ergashevga maqul keldim va meni MDH kubogiga olib ketdilar. “Qaldirg'ochlar” safiga ijara asosida qo'shilgandim.

Turnirdagi o'yinlarimni “Rubin” jamoasi vakillari ko'rgan ekan. Bundan tashqari yana 4-5ta Rossiya klublaridan chorlov olgandim. “Bunyodkor”ni o'zi ham olib qolmoqchi bo'lgandi. Toshkentga kelganimdan keyin Azamat Abduraimov bilan ko'rishdim. Qozon klubi bosh direktori, hozir "Buxoro" bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Muhsin Muhammadiev menga qiziqish bildirayotganligini aytdilar. Ular “Dinamo”dan mening transferimni sotib olishdi”,- deydi hozirda Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi sharafini himoya qilayotgan hujumchi.


Quyida Bahodir Nasimovning o'sha mashhur golini tomosha qilishingiz mumkin. 



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика