So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0

Mbappening azaliy orzusi ushaldi Yangiliklar

Mbappening azaliy orzusi ushaldi

"Real" yangi futbolchisi Kilian Mbappe jamoaning uy stadionida bo'lib o'tgan birinchi o'yindan so'ng his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

Futbolchining aytishicha, "Santyago Bernabeu"da o'ynash uning uzoq yillik orzusi bo'lgan.

"Santyago Bernabeu"dagi debyutimdan juda xursandman. Biz g'alaba qozonib, uch ochko oldik, bu ajoyib oqshom edi.

Muxlislar zo'r qo'llab-quvvatladilar. Hammaga rahmat. Bu etiborga molik lahza bo'ldi, biz birinchi uy uchrashuvida g'alaba qozonishni xohlagandik va shunga erishdik. Bundan keyin ham ko'plab yutuqlarga erishish niyatidamiz.

O'zimni qanday his etdim? Yaxshi. Albatta, "Real" uchun "Santyago Bernabeu"da o'ynash mening orzum edi. Endi biz yanada ko'prog'iga intilamiz. Payshanba kuni navbatdagi o'yinimiz bor va biz yana g'alaba qozonamiz", – dedi Mbappe.

"Qaymoqranglilar" Ispaniya chempionatining 2-turida  "Valyadolid"ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Mbappe samarali harakati bilan ajralib turmadi.

"Real"ning navbatdagi o'yini 30 avgust kuni "Las Palmas"ga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика