Mbappe Pelening rekordini yangiladi
05 dek 2022 00:30
Yangiliklar


Mbappe Pelening rekordini yangiladi
Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatida gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi.
PSJ sharafini himoya qilayotgan futbolchi JCH-2022 1/8 finalida Polsha bilan o'yinda (3:1) dubl qayd etdi.
Hozirda 23 yoshli Mbappe hisobida jahon chempionatlarida urilgan 9 ta gol bor. 24 yoshga qadar hech kim undan tezroq gol urmagan. Avvalgi rekord braziliyalik Pelega tegishli edi, futbol afsonasi 24 yoshga to'lgunga qadar 7 ta to'p kiritgan.
SHuni ham takidlash kerakki, shu kungacha jahon chempionatida 8 ta gol urgan eng yosh futbolchi portugaliyalik Eysebio (24 yoshu 182 kun) hisoblanardi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar