Mbappe "Klermon"ga qarshi o'yinda PSJni sardor sifatida maydonga boshlab tushishi mumkin
08 apr 2022 18:47
Yangiliklar
Mbappe "Klermon"ga qarshi o'yinda PSJni sardor sifatida maydonga boshlab tushishi mumkin
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino forvard Kilian Mbappening kelajagi haqida gapirdi.
"Biz Mbappe va klub uchun eng yaxshisini xohlaymiz. PSJ uchun eng yaxshisi - Kilianning qolishi. Men uni "Klermon"ga qarshi o'yindagi ehtimoliy sardor sifatida ko'ryapman", - deydi Pochettino.
Mbappe yozda erkin agent maqomini olishi mumkin.
U joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 13ta assist qayd etdi. Parijliklar Franciya chempionati turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
PSJ shartnomani uzaytirishi uchun Mbappega 150 mln evro taklif qiladi
Fikrlar