Mbappe CHupo-Motingga: "Xafa bo'lma, bu mavsum sendan ko'proq xato qildim"
08 apr 2019 17:40
Yangiliklar
Mbappe CHupo-Motingga: "Xafa bo'lma, bu mavsum sendan ko'proq xato qildim"
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o'zining "Instgarami"da jamoadoshi Erik CHupo-Motingning "Strasburg"ga qarshi bahsdagi xatosidan so'ng uni qo'llab-quvvatladi.
Bahsning 28-daqiqasida (hisob 1:1 paytida) parijliklar hujumga o'tishdi. Nkunku to'pni jarima maydonchasi ichidan markazroqqa tashladi, ammo to'p raqib posboni qo'liga tegib, yo'nalishi darvoza tomonga o'zgardi. PSJ hujumchisi Erik-Maksim CHupo-Moting golni o'z hisobiga yozdirib qo'yishni o'ylab, to'p yo'nalishini biroz o'zgartirishga urindi, ammo to'p chiziq ustida turib qoldi va himoyachilar uni darvozadan uzoqlashtirishdi.
"Xafa bo'lma, Erik, men bu mavsum sendan ko'p xato qildim. Biz hali ham jamoamiz va seni oxirigacha qo'llab-quvvatlaymiz" - deb yozdi Mbappe.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar