Mbappe Chempionlar Ligasida gol urgan francuzlar o'rtasida 3-o'ringa chiqib oldi

Alisher
25 noya 2021, 16:23
Kecha Chempionlar Ligasi guruh bosqich 5-tur doirasidagi "Manchester Siti" - PSJ o'yini bo'lib o'tdi.

Unda "shaharliklar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Parijliklarning yagona goliga Kilian Mbappe mualliflik qildi. Bu uning uchun turnirdagi 29-gol bo'ldi. Shunday ekan, Mbappe Chempionlar Ligasida gol urgan francuzlar o'rtasida David Trezegega tenglashib olgan holda 3-o'ringa chiqib oldi.

Bu borada yetakchi Karim Benzema hisoblanadi - 75ta gol. Ikkinchi o'rinda Terri Anri - 50.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia