Mbappe "Atalanta"ga qarshi o'ynashi mumkin. Uning tiklanish jarayoni kutilganidan tezkor kechmoqda
03 avg 2020 00:25
Yangiliklar
Mbappe "Atalanta"ga qarshi o'ynashi mumkin. Uning tiklanish jarayoni kutilganidan tezkor kechmoqda
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe CHempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
"Sent-Eten" bilan bo'lib o'tgan Franciya kubogi finali(1:0)da jarohatlangan 21 yoshli franciyalikning tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq daovm etyapti.
Mbappe qarindoshlaridan biri hujumchining "Atalanta" bilan o'yinda ishtirok etish ehtimoli 90 foizga baholanayotganini oshkor qilgan, deb yozdi L’Équipe nashri.
Avvalroq, Mbappe uch haftada sog'ayishi haqida xabar berilgandi.
"Atalanta" va PSJ o'rtasidagi Evropa chempionlar ligasining chorak final o'yini 12 avgustga belgilangan. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.
Fikrlar