Maykl Jekson Gvardiola va Kloppdan ustun keldi
12 may 2022 19:59
Yangiliklar


Maykl Jekson Gvardiola va Kloppdan ustun keldi
Angliya Premer-ligasida aprel oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.
Unda "Byornli" ustozi Maykl Jekson g'olib chiqdi. Klub o'tgan oyda yangi bosh murabbiyi qo'l ostida 3 ta g'alabaga erishdi va 1 ta durang qayd etdi – "Sautgempton" (2:0), "Vulverxempton" (1:0), "Uotford" (2:1) va "Vest Xem" (1:1).
Jeksondan tashqari mukofotga "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va "Brentford" ustozi Tomas Frank davogarlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar