Maydonga qaytgan Robben yubiley uchrashuvini o'tkazdi
04 may 2019 22:27
Yangiliklar
Maydonga qaytgan Robben yubiley uchrashuvini o'tkazdi
Bundesliganing 32-turida Bavariya klubi Gannoverni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alabaga erishdi va chempionatdagi peshqadamligini mustahkamladi.
Bahsning 86-daqiqasida Kingsli Koman o'rniga zaxiradan o'yinga qo'shilgan Aren Robben faoliyatidagi yubiley 700-bahsida maydonga tushdi. Robben mazkur natijaga PSV (75ta o'yin), «Real» (52), «CHelsi» (106), «“Bavariya» (306) hamda Gollandiya terma jamoasi (96) safidagi uchrashuvlari orqali erishdi.
Qayd etish joizki, 35 yoshli yarimhimoyachi o'tgan yilning noyabr oyidagi jaroxatidan so'ng ilk bor bugungi o'yinda ko'rinish berdi. U joriy mavsum myunxenliklar safida 15ta o'yin o'tkazib, 5 bora raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
ЕЧЛ ўтиш учрашувларига қуръа ташланди: "Реал" яна Моуриньюнинг "Бенфика"си билан ўйнайди!
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar