May. SHota Arveladze Ilhom Mo'minjonovning ishini takrorladi
09 iyu 2018 13:30
Yangiliklar
May. SHota Arveladze Ilhom Mo'minjonovning ishini takrorladi
PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
"Paxtakor" murabbiyi SHota Arveladze hamda sardori Kamoliddin Tojiev jamoa etakchilaridan biri bo'lgan Tiago Bezerrani eng yaxshi sifatida tan olishdi.
Murabbiylar masalasiga kelganda esa Arveladze o'ziga peshqadamlikni ravo ko'rdi. Keyingi o'ringa Qosimovni joylashtirdi. Tojiev esa ikkinchi pog'ona uchun Ilhom Mo'minjonovni munosib deb bildi.
"Paxtakorchilar" fikriga ko'ra, Suyunov eng yaxshi posbon. Muhammad Isaevning "Lokomotiv" darvozasiga urgan goli esa maydagi eng chiroylisi.
P.S. Yodingizda bo'lsa, aynan may oyi uchun so'rovnomada avvalroq "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov ham o'zini birinchi o'ringa loyiq ko'rgan edi. "Paxtakor" ustozi ham shu ishni takrorladi.
O’xshash yangiliklar
11:17
“Navbahor” klubi vice-prezidenti Otabek Samatov: "Paxtakor"ga qarshi o'yin muhim ahamiyatga ega" 12
Fikrlar