Maxrez - "Man Siti" safida xet-trik qilgan 2-afrikalik
28 noy 2020 23:04
Yangiliklar


Maxrez - "Man Siti" safida xet-trik qilgan 2-afrikalik
"Manchester Siti" Angliya chempionatining 10-turida "Byornli"ni mag'lub qildi (5:0).
Gollardan uchtasi yarim himoyachi Riyad Maxrezning nomiga yozildi. Jazoirlik futbolchi oxirgi bor 2015 yilning 5 dekabrida "Suonsi" (3:0) darvozasiga uchta gol urgan edi.
SHu tariqa Maxrez APL tarixida bir o'yinda "Manchester Siti" uchun 3 ta gol urishni uddalagan 2-afrikalikka aylandi (Yaya Turedan keyin).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar