Maxrez - ECHLdagi debyut o'yinida gol urgan uchinchi jazoirlik futbolchi
15 sen 2016 00:32
Yangiliklar
Maxrez - ECHLdagi debyut o'yinida gol urgan uchinchi jazoirlik futbolchi
ECHL 1-turida "Lester" klubi Belgiyada "Bryugge" klubi mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida mehmonlar vakili Riyad Maxrez hisobni 0:2ga aylantirdi. SHunday qilib, Maxrez Evropa chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvida gol urishga erishdi.
Yarim himoyachi musobaqaning ilk o'yinida gol urgan uchinchi jazoirlik futbolchiga aylandi. Bunga qadar 2009 yilda "Reynjers" vakili Majid Bugerra, 2014 yil "Portu" azosi Yasin Braimi shunday natijaga erishishgandi.
Fikrlar