So’nggi yangiliklar

17:38"Барселона"нинг янги сардори маълум бўлди  0 17:09"Арсенал" франциялик юлдузга кўз тикди  0 16:43"Динамо" стадионида янги прожектор лампалари ўрнатилмоқда  2 16:21Жоау Феликс яна "Челси"га ўтиши мумкин  0 15:55"Олимпик Mobi-Uz" ҳимоячилари, "Қўқон-1912"га ғалаба келтирган украиналик футболчи — Про лига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:35"Бунёдкор" футболчиси деярли 1000 кундан сўнг Суперлигада гол урди  2 15:10"Реал" XXI асрда 14 финалнинг ҳаммасида зафар қучган. УЕФА Суперкубоги учун баҳс натижаси қандай бўлади?  4 14:47Муборакдаги ўйин қаҳрамони, "Қўқон-1912" дарвозабони ва мураббийи - Про лига 15-тур лауреатлари  1 14:35"Бунёдкор" чемпионатдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" устидан қўлга киритган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:07Қатар клуби футболчининг трансфери учун пулни фирибгарларга жўнатди  2 13:39Мбаппе УEФА Суперкубоги ўйинида асосий таркибга киритилмаслиги мумкин  4 13:11"Арсенал" ҳимоячиси янги мавсумнинг дастлабки ҳафталарини ўтказиб юборади  1 12:44Жасур Жалолиддинов қаерда?  17 12:26ОКМК – "Навбаҳор" беллашуви "Спорт" телеканали орқали намойиш қилинмайди  16 12:09Кучли бешлик чемпионатлари старт олмоқда. Учрашувларни қайси телеканал кўрсатади?  45

Mavzurxo'ja Umarxo'jaev: "Nogiron-amputantlarimiz to'rtinchi jahon chempionlikka intilishadi" Yangiliklar

Mavzurxo'ja Umarxo'jaev: "Nogiron-amputantlarimiz to'rtinchi jahon chempionlikka intilishadi"

30 noyabrdan 7 dekabrgacha Meksikaning Kuliakan shahrida nogiron-amputant futbolchilar o'rtasidagi navbatdagi jahon chempionati o'tkaziladi.
Malumki, vakillarimiz nafaqat amaldagi, balki oxirgi uchta mundialdan beri chempionlikni o'zida saqlab kelmoqda. Jumladan 2008 yili Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilgan musobaqada dastlabki muvaffaqiyatiga erishishgan bo'lsa, 2010 yili Argentinaning Krespo shahrida tashkillashtirilgan dunyo birinchiligida ham biznikilar g'oliblikni hech kimga berishmadi. 2012 yili esa Rossiyaning Kaliningrad shahridagi jahon chempionatida ham terma jamoamiz chempionlik kamarini munosib himoya qila oldi. Har ikki yilda o'tkazib kelinayotgan nogiron-amputantlar jahon chempionati endi Meksikada bo'lib o'tadi.

Mavzurxo'ja Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi jamoamiz muhim musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Ikki yil avval Rossiyada qo'lga kiritilgan g'alabada ham Umarxo'jaev ustozlik qilgandi. Undan oldingi ikkita munialda vakillarimiz Anvar Ismoilov boshchiligida qatnashib maqsadiga erishishgan. Xullas, bu safar ham Mavzurxo'ja Umarxo'jaev jamoasidan umidimiz katta. Kuni-kecha CHig'atoydagi sport bazasida ushbu murabbiy bilan uchrashdik.  

- Jahon chempionatiga puxta rejalar asosida tayyorgarlik ko'ryapmiz, deydi Umarxo'jaev. – Yaqinda Abxaziyada tashkil etilgan xalqaro musobaqada qatnashib birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Biz uchun murakkab raqib Grozniyning “Leman” jamoasi bo'ldi. Uning 5-6 nafar futbolchilari Rossiya terma jamoasida ham to'p surishadi. Klub bosh murabbiyi ham bevosita milliy terma jamoa ustozi hisoblanadi. 

- U erda terma jamoa sifatida qatnashdinglarmi?
- Yo'q. “Baynalminal” jamoasi sifatida ishtirok etdik. Ammo tarkibimizdagi aksariyat o'yinchilar terma jamoa azosi hisoblanadilar. Jahon chempionatidan avval bunday turnirda qatnashganimiz biz uchun foydali bo'ldi. 7-14 noyabr kunlari CHig'atoy sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazamiz. Oradan bir hafta o'tgach, yana tayyorgarlikni davom ettiramiz. SHundan keyin Meksikaga yo'l olamiz. 

- Nogironlar orasida iqtidorli futbolchilarni topish qiyin emasmi?
- Albatta qiyin. Sog' futbolchilar ichida istedodlarini topish muammo emas. Ammo bizning futbolda bu katta muammoga aylanadi. Hozirda yoshlarga ham ahamiyat qaratyapmiz. Ularning orasida iqtidorli yoshlar etishib chiqdi. Masalan, 1994 yilda tug'ilgan Zafar Nosirovni alohida aytgan bo'lardim. Bizning jamoa doim olg'a intilishga odatlangan.

- Bunday futbolchilarni qanday yo'llar bilan izlaysizlar?
- Gohida viloyatlardan qo'ng'iroq qilib ana shunday o'yinchi bor, sinab ko'ringlar deyishadi. Bir qator mashg'ulotlarda tekshirgach, o'zini ko'rsatganlarini tarkibga qo'shamiz. Agar biz kutgandek harakat qila olishmasa, chiroyli muomala qilgan holda xayrlashamiz.

- Jamoa etakchisi Abdumajil SHukurov ham tarkibdami?
- Ha. U bizning uzoq yillik sardorimiz. 1972 yilda tug'ilgan va faoliyatini katta futbolda boshlagan. Keyinchalik bir oyog'ini kesishgach, nogironlar futboliga o'tdi. Abdujamil biz uchun foydali hamda kerakli futbolchi.

- Oxirgi uchta jahon chempionatida O'zbekiston tengsiz deb topildi. Bu safargi mundialga ham amaldagi chempion sifatida boramiz...
- 2012 yilgi jahon chempionatini muvaffaqiyatli tugatib, Kaliningraddan uchib kelganimizda aeroportda jurnalistlar menga keyingi jahon chempionatiga tayyorgarlikni qachondan boshlaysiz deb savol berishgandi. Ularga ertadan boshlaymiz deb javob berganman. CHunki har bir vaqtning qadr-qimmati bor. SHuning uchun har bir kunimizni qadrlashimiz shart. Bu narsani futbolchilarga ham tushuntirganman. Ular maydonda bor kuchlarini berib o'ynashadi. Yigitlarimizdan ko'nglim to'q. Jahon chempionligini qo'lga kiritishdan ko'ra, uni himoya qilish yanada og'ir. 

- Ketma-ket uch marta jahon chempionligini qo'lga kiritishning o'zi bo'lmaydi. Bunday muvaffaqiyatning sababi nimada deb o'ylaysiz?
- Buning siri bitta – futbolchilarning sofdilligi. Ular zimmasidagi masuliyatni chuqur his qilishadi va maydonda jonini berib o'ynashadi. CHempionlikka erishish uchun katta ishtiyoq bilan intilishadi. Maydonga doim ko'zlari yonib tushadilar. Bu kabi hislatlar boshqa terma jamoalarimizda ham yanada yaxshiroq rivojlansa, maqsadga erishish mumkin.

- Garchi katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan bo'lsanglar-da, jamoaga nisbatan etibor kamroqdek tuyulmaydimi?
- Ha, menga ham shunday tuyuladi. Lekin Xudoga shukrki, rahbariyat tarafidan etibor qaratilmoqda. Jahon chempionatlaridan g'olib sifatida qaytganimizda xukumatimiz tomonidan munosib taqdirlashdi. Ammo bundan-da, etibor ko'proq bo'lsa yaxshiroq bo'lardi.

- Bunday o'yinchilar bilan ishlash murabbiy sifatida sizga mashaqqatdek sezilmaydimi?  
- Albatta, ular bilan ishlash oson emas. Nimagaki, ularga ikki barobar yuk ko'p bo'ladi. Har bir futbolchiga yaxshi muomalada bo'lish lozim. Ayniqsa, ruhiy tomondan ishlash qiyin. Ular bilan uch yildan beri birga faoliyat ko'rsatib kelyapman.

- Bunday jamoa uchun turnirlar tashkil qilish qanday yo'lga qo'yilgan?
- Albatta, musobaqalar kam. Ammo O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga rahmat. CHunki u kishining sayi-harakatlari bilan bizni xorijdagi turnirlarga yuborib turadi.

- Demoqchi bo'lganim, ular nogiron-amputant bo'lsa-da, baribir o'yin amaliyoti zarur.
- Qo'limizdan kelganicha o'zimizda ham bayramlarga bag'ishlab o'yinlar tashkil qilamiz. Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryodan bir oyoqli futbolchilar kelishadi. Ular bilan birgalikda CHig'atoyda turli xil musobaqalar uyushtirdik. Terma jamoamiz safida viloyatlardan ham bir qancha o'yinchilar bor. Bu yilgi maqsadimiz ham chempionlikni qo'lga kiritish. 

- Ilgari katta futbolda ishlardingiz. Endi nogironlar futbolidasiz...
- 1998 yili ham amputantlar bilan ishlaganman. Undan keyin katta futbolda bir qator jamoalarda murabbiy bo'lib mehnat qildim. Yana nogironlar jamoasiga o'tdim va chempion bo'lganimizdan keyin hukumatimiz tomonidan meni “do'stlik” ordeni bilan taqdirlashdi. Qilayotgan mehnatlarimiz zoe ketmayapti.

FIRDAVSXON.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика