So’nggi yangiliklar

14:07Қатар клуби футболчининг трансфери учун пулни фирибгарларга жўнатди  0 13:39Мбаппе УEФА Суперкубоги учун ўйинда асосий таркибга киритилмаслиги мумкин  1 13:11"Арсенал" ҳимоячиси янги мавсумнинг дастлабки ҳафталарини ўтказиб юборади  1 12:44Жасур Жалолиддинов қаерда?  9 12:26ОКМК – "Навбаҳор" беллашуви "Спорт" телеканали орқали намойиш қилинмайди  8 12:09Кучли бешлик чемпионатлари старт олмоқда. Учрашувларни қайси телеканал кўрсатади?  22 11:37"Олтин тўп"га даъвогар футболчи Саудия Арабистонидан тушган йирик таклифни қабул қилмади  5 11:06"Челси" сардори мавсум бошланмасидан жароҳат олди  2 10:40Англиянинг 90 йиллардаги энг яхши футболчилари рўйхати тузилди  1 10:12Саудияликлар Дибалага қанча маош таклиф қилгани маълум  2 09:45Рафаэль Варан "Комо"даги дебют ўйинида жароҳат олди  3 09:17Криштиану Роналду Саудиядаги фаолияти ҳақида гапирди  11 08:49"Adidas" "Реал", "Ювентус", МЮ, "Арсенал" ва "Бавария" афсоналарини жамлаган ҳолда жамоаларнинг учинчи либосларини ретро услубда тақдимот қилди  2 08:21Ўртоқлик учрашуви. "Ал Ваҳда" "Ал Жазира"ни мағлуб этди. Эркиновдан гол+пас  8 07:54"Барселона" клуби яна бир афсонаси билан хайрлашганини эълон қилди  5

Mavsumning so'nggi o'yinida kim g'olib bo'ladi? Yangiliklar

Mavsumning so'nggi o'yinida kim g'olib bo'ladi?

Bugun Olmaliq shahrida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogining hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tadi.
Aynan shu uchrashuv bilan bu yilgi futbol mavsumiga yakun yasaladi. O'yinning bahosi juda ham yuqori. G'olib jamoa kelasi mavsum OCHLda ishtirok etishi mumkin. Hali kvotalar tasdiqlanmagani uchun O'zbekiston Kubogi sohibi yuz foiz OCHLning guruh bosqichida qatnashadi, deya olmaymiz. Lekin katta ehtimol bilan ishtirok etadi. O'zbekistonga 1+1 ko'rinishida yo'llanma berilgan taqdirda ham mamlakat kubogi sohibi OCHL saralash bahslarida qatnashadi. SHu bois, ertangi o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori. Uchrashuvni Kim Dong Jin boshchiligidagi koreyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Bu referi 2011 yil Qarshida o'tkazilgan OFK Kubogi finalini ham boshqarib borgan va o'shanda "Nasaf" Quvaytning "Quvayt SK" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Biz bugungi o'yin oldidan o'ziga xos kichik so'rov o'tkazdik.

Islom Ahmedov, OFK instruktori
O'yin qiziqarli bo'lishi aniq. O'zbekiston Kubogi finali o'z nomiga munosib tarzda o'tishiga shubham yo'q. Menimcha, bu uchrashuvda ikki murabbiyning o'z klublaridagi keyingi taqdirlari ham hal bo'ladi. Imkoniyatlar haqida gapirish qiyin. Lushan yoshlarga katta etibor beryapti va milliy chempionatimizning so'nggi o'yinlarida bu o'z mevasini bermoqda. Yoshlar o'z ustozlarining ishonchini oqlashyapti. Abramovning jamoasida esa ijrochilar bor. Lekin bu narsa "Lokomotiv"ga foyda keltiradimi? Bu katta savol. SHularni inobatga olgan holda jamoalarning imkoniyatini 50 ga 50 baholayman. O'yinni koreyalik hakamlar boshqarishar ekan. PFLning bu qaroriga qo'shilmayman. Biz yuqori saviyali FIFA hakamlariga egamiz. Ikkita jahon chempionatida 9 ta uchrashuvni boshqarib, dunyo tarixiga kirgan Ravshan Ermatov turib, xorijlik hakamlarni taklif etish, ochig'i tushunmadim. Kubok finali finalga qaysi jamoalar chiqishidan qatiy nazar, poytaxtda o'tkazilishi kerak. Demak, bu ham noto'g'ri qaror. Lekin PFL shunday bo'lishini istagan ekan, Toshkentning ikki jamoasi Olmaliqda o'ynashga majbur. Odatda bashorat qilishni yoqtirmaymanu, lekin menimcha "Lokomotiv" 3:2 hisobida g'alaba qozonsa kerak.

Azamat Abduraimov, murabbiy
Bashorat qilish to'g'ri emas. O'zbekiston Kubogining finali ham "Lokomotiv" uchun, ham "Bunyodkor" uchun mavsumni hech bo'lmasa bitta sovrin bilan yakunlash uchun so'nggi imkoniyat. SHu bois, shu kuni futbol ishqibozlari ajoyib o'yinga guvoh bo'lishadi. 12 noyabr oqshomida oddiy o'yin bo'lmasligi aniq. Tarkib bo'yicha oladigan bo'lsak, "Lokomotiv" so'zsiz kuchli. Ammo shu narsa aniq bo'ldiki, hamisha ham yulduzlar bilan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. O'zbekiston chempionati bunga yaqqol misol. Ayniqsa, bu yulduzlar jamoa uchun emas, o'zi uchun o'ynasa, bundan katta fojea yo'q. To'g'ri, "Bunyodkor" jamoasida ham tajribali o'yinchilar bor. Lekin ularning asl kuchi yoshlarida bo'lsa kerak. Bosh murabbiy Sergey Lushan yoshlarni maydonga tushirishda qo'rqmayapti. Qolaversa, bu jamoada chempionlik ananalari bor. Bu futbolda katta rol o'ynaydi. SHulardan kelib chiqib aytishim mumkinki, asosiy vaqtda durang natija qayd etiladi. Qo'shimcha bo'lim yoki penaltilar seriyasida jismoniy jihatdan kuchli va omadli jamoa g'olib bo'ladi.

SHuhrat Po'latov, FIFA futzal referisi

O'zbekiston chempionatining so'nggi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" klublari o'rtasidagi o'yin shuni ko'rsatdiki, hali jamoalar yaxshi sport formasni saqlab qolishgan. SHu kuni ayniqsa, "Paxtakor" yuqori saviyali va tezkor futbol namoyish etdi. O'ylaymanki, kubok finali ham shunday yuqori tempda o'tadi. Sababi bu o'yin juda ko'p narsaga oydinlik kiritadi. G'olib chiqqan jamoa mavsumni sovrin bilan yakunlaydi va eng muhimi OCHL yo'llanmasini ham qo'lga kiritadi. Ochig'i, bashorat qilishni yoqtirmayman. CHiroyli va halol o'yinga muxlislik qilaman. Ikki jamoa ham g'alabaga haqli, deb o'ylayman. Ammo kubok bitta. U esa kuchli jamoaga nasib etadi. Omad ham katta ahamiyatga ega bo'ladi, agar penaltilar seriyasiga murojaat qilinsa. Fursatdan foydalanib, ikkala jamoaga ham omad tilayman.
Kaxi Maxaradze, "Paxtakor" sardori

SHubhasiz, o'yin juda yuqori tempda bo'lib o'tadi. Ikkala jamoa ham mavsumning so'nggi o'yini bo'lgani uchun bor kuchlari bilan o'ynashadi. O'ylashimcha, imkoniyatlar teng. Bundan qanday foydalanish esa jamoalarning o'ziga bog'liq. SHaxsiy fikrim, uchrashuv g'olibi penaltilar seriyasiga ko'ra aniqlanadi. Agar shunday bo'lgan taqdirda, lotoreyalar bahsida "Bunyodkor" g'alaba qozonadi.

Temur Hakimov, "Olmaliq" hujumchisi
Uchrashuvning Olmaliqda bo'layotgani yaxshi. Bu erda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. SHu kuni stadion to'lishiga ishonaman. O'yinning o'ziga keladigan bo'lsak, oldindan qaysi jamoa g'alaba qozonishini bashorat qilish juda mushkul. Teng imkoniyatga ega bo'lgan jamoalar finalga etib kelishdi. SHu kuni ko'p narsa tezkor kiritilgan gol va omadga bog'liq bo'ladi. Fikrimcha, 12 noyabr kungi o'yinda "Lokomotiv" O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritadi. Bu bilan temiryo'chlilar chempionatdagi mag'lubiyat uchun ham revansh olishadi.

Kamoliddin ALIMOV yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика