So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

"Mavsumni daydilardek boshlagandik. Uyga qaytgach o'yinimiz barqarorlashdi va bugun kichik mo'jiza sodir etdik" - Kanchelskis ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Mavsumni daydilardek boshlagandik. Uyga qaytgach o'yinimiz barqarorlashdi va bugun kichik mo'jiza sodir etdik" - Kanchelskis ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 8-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Navbahor" (2:2) ishtirokidagi dramatik o'tgan bahsdan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanining ilk qismida mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis qatnashdi.

- Men jamoamning ko'rsatgan o'yini va uchrashuvga bo'lgan munosabatidan ko'nglim to'ldi. "Paxtakor" bilan o'yinda ikkita to'p farqini yo'qqa chiqarish qadri baland. Futbolchilarga qoyil. "Navbahor" ikkinchi taymda kichik mo'jiza sodir etdi. Birinchi bo'limda jamoam asabiy holatda edi. Turnir jadvalidagi holat ham o'yin ahamiyatini oshirib yuborgandi. SHu boisdan ham bazi futbolchilar o'yinga keragidan ortiq tayyorlanib yuborishgani tufayli o'yinlari chiqmadi. Har qanday holatda tanaffusdan keyin jamoa o'ziga keldi va yaxshi o'yin ko'rsatib, xarakter namoyish etdi. Ikki to'p farqidagi mag'lubiyatni durangga aylantirganimizdan xursandman. 

- Ko'rsatmani tanaffusda emas, balki o'yindan avval bergandim. Futbol esa 45 daqiqa emas, balki 90 daqiqa o'ynaladi. To'g'ri, birinchi 45 daqiqalikni ko'ngildagidek o'tkazmadik. Ikkinchi taymda esa vaziyat o'nglandi. Ko'rsatma esa oddiy bo'lgandi: futbol o'ynab, kerakli ochkolarni jamg'arish. Barcha shunday ko'rsatma bersa kerak deb o'ylayman. Ayniqsa mehmonda, "Paxtakor"dek jamoaga qarshi o'yinda barcha shunday ko'rsatmaga amal qiladi, deb o'ylayman. 

- Qo'shilaman, mavsumni daydilarga o'xshab boshlagandik. SHaharma-shahar shahar yurib, goh Toshkentda, goh Farg'onada o'ynadik. O'z uyimizda kam vaqt bo'lganimiz tasir etgandi. Doim safarma-safar yurgandik. O'zimizning maydon, o'zimizning stadion etishmayotgandi. Uyga qaytganimizdan keyin jamoamizdagi muhit va o'yin barqarorlashdi. Bu esa natijani yaxshilamoqda. Har bir o'yinga jiddiy yondoshib, uchrashuvlarga kubok bahsidagidek qarayapmiz. Futbolchilarga ishga bo'lgan munosabat va meni tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Jamoam chiroyli futbol o'ynab, muxlislarga futbol zavqini ulashishga harakat qilmoqda. O'ylashimcha, bugun o'yinni stadiondan ko'rgan barcha ishqibozlar futboldan kerakli energiya olishdi. Gollar ham, natija ham chiroyli bo'ldi. Menimcha, ishqibozlar bugungi o'yindan qoniqish xosil qilishdi. 

- Men hamma narsani tushunaman. Lekin birinchi bo'limda hakamlarning "Paxtakor"ga yordam berishi, bilmadim, agarda "Paxtakor"ga hakamlar ham yordam berishsa, unda ular bilan kurashish yanada qiyinlashadi. Lekin men hakamlarni tanqid qilmayman. Ularni ishini baholaydigan qo'mita bor. Birinchi bo'limda raqib futbolchilariga birorta ham ogohlantirish ko'rsatmay, bizga 3-4ta sariq kartochka berildi. Aslida esa raqib bizning tashkil etilayotgan hujumlarimizni to'xtatib qolgan vaziyatlar bo'lgandi. Hakamlar qo'mitasi bugungi hakamlikni o'rganib chiqib, jazolash kerakmi yoki yo'q, o'zlari hal qilishsin. 

- Lukich bugungi o'yinga kirishib keta olmadi. Barchada bu kabi holat ruy beradi. Kamiga ogohlantirish ham oldi. SHu boisdan ham uni almashtirishga qaror qildim. SHuningdek, raqib ham aynan chap qanoti orqali, bizning o'ng qanot himoyamizdan ko'proq hujumga o'tib, o'sha erda ustunlikka egalik qildi. Gol ham aynan Lukich o'ynagan qanotdan yuzaga keldi. Har qanday holatda ham Slavko jamoamizning asosiy tarkib futbolchisi va keyingi o'yinlarda ishtirok etadi.

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика