Mavsum boshlandi. "Qo'qon-1912" stadioniga endi chim yotqizilmoqda FOTO
10 mar 2019 11:10
Yangiliklar


Mavsum boshlandi. "Qo'qon-1912" stadioniga endi chim yotqizilmoqda FOTO
Xabaringiz bor 2019-yilgi futbol mavsumi oldidan PFL klublarga jiddiy talablar qo'ygan.
Bularning eng asosiylaridan biri jamoalarning uy stadionlaridagi maydon holatini halqaro talablar darajasiga keltirish edi.
"Qo'qon-1912" futbol klubi ham Qo'qondagi "Markaziy" stadioni maydonini to'liq yangilash borasida ish boshlagani haqida xabar bergan edik.
Bugun "Markaziy" stadionga yangi chimlarni o'rnatish ishlari boshlandi. Klub tomonidan sotib olingan sifatli chimlar Qo'qon shahriga etib keldi. Yangi chimlarni maydonga o'tkazish ishlarini Qarshining "Nasaf" jamoasi stadionini tayyorlagan mutaxassislar bajarishmoqda.
"Markaziy" stadionimiz chimi tayyor bo'lgach jamoamiz uy uchrashuvlarini Qo'qonda o'tkazishni boshlab yuborishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar