So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  1 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  17 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  11 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Mavhumlikdagi "Surxon" va "Bunyodkor" Yangiliklar

Mavhumlikdagi "Surxon" va "Bunyodkor"

Teglar :  BunyodkorSurxon
O'zbekiston chempionati klublari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

Kimdir o'z qarorgohida, kimdir Toshkentda, kimdir esa allaqachon xorijda mashg'ulot o'tkazmoqda.

Yangi mavsum boshlanishiga tobora oz muddat qolmoqda. Kelajagi mavhum bo'lgan klublar soni kecha ikkita bo'ldi.

Termizning "Surxon" klubi atrofida yangi yil bayrami arafasida sodir bo'lgan o'zgarishlar haqida norasmiy manbalardan eshitgandirsiz yoki o'qigandirsiz. Viloyat hokimi o'zgarishi ketidan klub rahbariyati va murabbiylar shtabi o'zgardi. 6 yanvar kuni "Eriell Group" xo'jayini klubni to'liq sotib oldi va hususiy klubga aylantirdi. Jamoa 5 yanvar kuni Toshkentda yig'ilib, Sergey Tokov boshchiligida mashg'ulotlarni boshladi. Biroq o'sha kuni murabbiy hali rasman shartnoma tuzmaganini va murabbiylar shtabida kimlar bo'lishini bilmasligini malum qildi. Oradan taxminan bir haftadan ortiq vaqt o'tdi, ammo hamon "Surxon"da mavhumlik va sukunat. Eshitishimizga qaraganda klubdagi o'zgarishlardan keyin matbuot xizmati vakillari ham ishdan ketgan. SHu bois "Surxon"ning telegramdagi kanalida oxirgi post bir yil oldin yozilgan, ha 2022 yilning 30 dekabr sanasida. O'tgan yili ham "Surxon" mavsumga deyarli shunday tayyorgarlik ko'rgani esimda: Dastlab yig'in anchagina kech boshlandi (20 yanvar) va ispaniyalik Xordi Fabregat boshchiligida mashg'ulotlar o'tkazila boshlandi. CHempionat boshlanishiga oz qolganida unda tegishli licenziya yo'qligi bois tezkorlik bilan boshqa murabbiy olib kelindi. Anxel Lopes yozgacha deyarli har bir matbuot anjumanida klubga juda kech kelgani, futbolchilarni avvalgi murabbiy klubga taklif qilgani va futbolchilar bir-birini tushunishiga vaqt kerakligini takrorlayverdi. Lopesning gaplarida jon bor edi albatta. Aftidan murabbiyning o'sha gaplari klub rahbariyatigacha etib bormagan, aks holda o'tgan yilgi xatoni bu yil ham takrorlamagan bo'larmidi. Sergey Tokov yakunda bosh murabbiy bo'lib qolishi qiyin masala, sababi unda ham PRO licenziya yo'q. Buni rahbariyat biladi deb umid qilaman. Tokov hozir o'zi bilgan va tanigan futbolchilarni chaqirib yig'in o'tkazmoqda, bu ham normal holat, ammo ertaga boshqa bosh murabbiy olib kelinsa Tokov olib kelgan futbolchilar unga kerak bo'larmikin?




Xuddi shunday holat kecha "Bunyodkor"da ham boshlandi deyish mumkin. Dastlab o'tgan mavsum oxirida klub bosh direktori etib tayinlangan Azizbek Haydarov ishdan olingani haqida norasmiy xabarlar chiqa boshladi. Ortidan klub matbuot xizmati bu noto'g'ri xabar ekanini malum qildi, keyinroq akademiya direktori Islom Ahmedov ham ketgani aytildi. Kun oxiriga kelib bosh murabbiy Ivan Boshkovich agar Azizbek Haydarov ketsa men ham ketaman deb turib olgani haqida xabarlar chiqdi. Mavhumlik boshlandi. Klub matbuot xizmati kechadan buyon rasmiy xabar bergani yo'q, Haydarov ketmadi yoki Haydarov ketdi deb yozilmadi hech qaerda rasman. Klubning telegramdagi oxirgi xabari 11 yanvar kuni chiqqan.

To'g'risi "Surxon"da ham, "Bunyodkor"da ham boring ana boshqa istalgan klubda rahbar kim bo'lishining shaxsan menga umuman farqi yo'q. Muammo aniq bosh murabbiyning yo'qligida. Sababi mavsumga oz qoldi va bosh murabbiy yo'q bo'lsa futbolchilar ham sarson bo'lishi turgan gap. Bir necha kun oldin "Bunyodkor" Vladimir Nazarov bilan 2024 yilgacha shartnoma tuzganini elon qildi. Nazarovni Boshkovich o'z jamoasiga taklif qilgan deb tasavvur qilsak, aslida shunday bo'lishi kerak, murabbiy ishdan ketganidan keyin Nazarov keyingi murabbiy rejalariga kirmay qolishi mumkin. Yoki bir qator tajribali futbolchilar bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabarlar chiqdi "Bunyodkor" kanalida. Ularchi? To'g'ri shartnoma tuzilgan va ularni hech kim ko'chaga hayday olmaydi, ammo futbolchiga o'yin amaliyoti degan narsa kerak, yangi murabbiy o'zi bilgan futbolchilarni olib kelib hozirgilarni zaxiraga mixlashi yoki o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazib yuborishi mumkin.

Yanada qo'rqinchlisi "qaldirg'ochlar" 14 yanvar kuni xorij yig'inini o'tkazish uchun Abu Dabiga uchib ketishi kerak. Xo'sh, ushbu yig'inni qaysi murabbiy o'tkazadi? Boshkovichmi yoki Hikmat Hoshimov-Abduhamid Qodirov tandemimi? Savollar juda ko'p. Javob esa bitta: mavhumlik.

Yangi mavsum boshlanganida shu ikkita klubimizga tayinlangan bosh murabbiylar matbuot anjumanlarini qanday gaplar bilan boshlashlari deyarli aniqdek: "Klubga kelganimga ko'p bo'lmadi, tayyorgarlik uchun boshqalarga qaraganda kamroq vaqtim bo'ldi, futbolchilar bilan til topishishga vaqt kerak, natija tezda kelmaydi, rahbariyat etiborni yoshlarga qaratishga qaror qildi, ko'p futbolchilarni mendan oldingi murabbiylar jamoaga taklif qilishgan, yozgi transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni olamiz, mavsum endi boshlandi, hali hammasi oldinda..."

Ishqilib yozganlarim xato bo'lib chiqsin va hamma shu maqolani eslab ustimdan kulib yursin, roziman.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика