Mauricio Sarri “Milan”ga qarshi o'yin haqida: “15 daqiqa davomida maydonda bo'lmadik”
08 iyu 2020 08:59
Yangiliklar
Mauricio Sarri “Milan”ga qarshi o'yin haqida: “15 daqiqa davomida maydonda bo'lmadik”
“Yuventus” ustozi “Milan”ga qarshi bahsdan (2:4) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Dastlabki 60 daqiqada dunyo darajasidagi futbol namoyish etdik. Hammasini nazorat qildik. 2 ta gol urdik va shundan keyin o'yindan chiqdik. 15 daqiqa davomida maydonda bo'lmadik. Bunga sababni topish qiyin, tushuntirish ham. Xuddi futbolchilarda nimadir paydo bo'lib qolganga o'xshadi. Bunday omadsizliklar hammada ham uchrab turadi. O'yinlarning qisqa muddatda o'tayotganligi, balki sabablardan biridir. Biz bunday o'yinlardan saboq olishimiz kerak”, — deydi Sarri.
Fikrlar