Maunt "Manchester Yunayted"da ettinchi raqamda o'ynaydi. Ronaldudan keyin ushbu raqam bo'sh edi
05 iyu 2023 21:11
Yangiliklar


Maunt "Manchester Yunayted"da ettinchi raqamda o'ynaydi. Ronaldudan keyin ushbu raqam bo'sh edi
Futbolchi oddiy bo'lmagan raqamlardan birida o'ynaydi.
"Man Yunayted" Meyson Maunt transferini elon qildi. Maunt MYU safida ettinchi raqamda to'p tepadi. Ushbu raqam jamoa futbolchisi Krishtianu Ronaldudan so'ng bo'sh bo'lib kelayotgandi. Endi Meyson ushbu raqamning egasiga aylandi.
Malumot uchun, MYUda ettinchi raqam har doim alohida ahamiyat kasb etgan. Unda Jord Best, Brayan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldular harakat qilishgan.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 30

Fikrlar