Mattias Zammer: Biz Tiagoni tezroq safga qaytishi uchun barcha ishni amalga oshiramiz
15 okt 2014 22:15
Yangiliklar


Mattias Zammer: Biz Tiagoni tezroq safga qaytishi uchun barcha ishni amalga oshiramiz
"Bavariya" sport direktori Mattias Zammer Tiago Alkantaraning navbatdagi jarohati xususida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Biz hammamiz uning jarohatidan juda ranjidik. Tiago Alkantara endigina eski jarohatidan qutulib safga qaytayotgandi. U 6 oyni maydondan tashqarida o'tkazishga majbur bo'lgandi. Tiagoni butun klub va muxlislar qo'llab-quvvatlamoqda. Biz hammamiz uning tezroq safga qaytishi va "Bavariya" bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishini istaymiz. Buning uchun barcha ishni amalga oshiramiz.

Fikrlar