Matteys de Ligt: "Oldinga qadam tashlash vaqti keldi"
18 iyu 2019 17:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/507213_original.jpg)
![](/upload/storage/507213_220.jpg)
Matteys de Ligt: "Oldinga qadam tashlash vaqti keldi"
"Yuventus"ning yangi himoyachisi Matteys de Ligt nima uchun Turin klubiga o'tganligiga izoh berdi.
- Menga italiyaliklarning himoyadagi o'yinlari yoqadi. Mening ko'plab italiyalik kumirlarim bo'lgan: Barezi, Maldini, Nesta, Kannavaro va SHirea. Olg'a qadam tashlash vaqti keldi. Men "Ayaks"da yaxshi va yomon damlarimni o'tkazdim, ammo hayotda xayrlashish kerak bo'ladigan paytlar ham bo'larkan, - deydi de Ligt.
Turinliklar 19 yoshli futbolchining transferi uchun 75 million evrodan voz kechishdi.
Oldinroq futbolchi 5 yillik shartnomaga imzo chekishi hamda yiliga 12 million evro maosh olishi xabar qilingan edi.
De Ligt "Yuventus"da Krishtianu Ronaldudan keyin eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar