

"Menimcha, Angliya Yevropa chempionatida g'oliblikka da'vogarlar qatorida bo'ladi. Yozda bo'ladigan katta musobaqada 5-6ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Angliya terma jamoasi safida iqtidorli yoshlar mavjud va ular birlashib kuchli jamoaga aylana olishadi deb o'ylayman. Ularning himoya va hujum chizig'i ancha kuchli. Ularga qarshi o'rtoqlik o'yini biz uchun Yevropa chempionati oldidan yaxshigina imtihon vazifasini bajarib beradi", - deydi Mats Xummels.



