So’nggi yangiliklar

22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  0 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  0 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  2 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0 18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  2 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   13 17:09Уругвайга қарши ўйин олдидан Фабио Каннаваро нималар деди?  9

"Matonat futbol" nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi ish boshladi Yangiliklar

"Matonat futbol" nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi ish boshladi

O'zbekiston nogiron-amputantlar futboli jahondagi etakchi o'rinlardan birini egallab turganligi hech kimga sir emas.

Agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1988 yili mamlakatimizda nogiron-amputantlar futboliga asos solingan. Nogiron-amputantlar terma jamoamiz azolari besh karra jahon chempioni hisoblanadi. Jumladan, 1990 (AQSH), 1991 ( O'zbekiston), 2007 (Turkiya). 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo'lga kiritgan bo'lishsa, 1988 (kumush) va 2002 yilgi (bronza) mundialning sovrinli o'rinlarni band etishgan. 

SHuningdek, “Rahm-shavqat“ (1989, 1990, 1991 yillar), “Trud“ gazetasi sovrini (1991 y), “G'alaba kuni“ (1992 y), “Spartak Kubogi“ (1993 y), “Baynalminal jangchilar“ sovrini (1993 y), “Nogironlar futboli associaciyasi“ (1993 y), “Rojdestvo“ (1995, 1996, 1997 y.y.), Rossiya ochiq chempionati – (1996 y), Gruziya nogironlar federaciyasi sovrini (1998 y), Xalqaro nogironlar festivali (1999 y), Rossiya nogironlar Ittifoqi sovrini (2006 y), MDH Kubogi (2007 y), singari xalqaro turnirlarda bosh sovrinni, qolaversa, Evropa ochiq chempionati (1999 y), Rossiya ochiq chempionati (2006 y) bronza medallarga egalik qilishgan.

“Matonat futbol“ nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi – 2020 yil 17 yanvar kuni davlat ro'yxatidan o'tdi. Ayni paytda o'z nizomiga ega. Markaz o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan. Xususan, “Matonat“ nogiron-amputantlar futbol jamoasining avvalgi shon-shuhratini qayta tiklash, respublikamiz viloyatlarida imkoniyati cheklangan ammo sportga va futbolga qiziqishi bo'lgan insonlarni izlab topish, mamlakat terma jamoasiga munosib o'rinbosarlarni tayyorlashdan iborat. 

Yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, 2020 yil 27, 28 va 29 mart kunlari “21 mart – Navro'z umumxalq bayrami“ga bag'ishlangan futbol turniri uyushtirilishi rejalashtirilgan. Mazkur turnir – O'zbekiston chempionati maqomida tashkil etiladi. Yani, 17 yillik tanaffusdan so'ng nogiron-amputantlar o'rtasida mamlakat birinchiligi o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Ayni paytda markaz xodimlari tomonidan bo'lajak musobaqaga tayyorgarlik ko'rish ishlari olib borilmoqda. CHempionatning nizomi ishlab chiqildi va O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan tasdiqlandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика