So’nggi yangiliklar

23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  3 23:00"Ал Насср" - "Истиқлол"  14 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  16 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  18 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  11 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0 19:20"Ливерпуль" Adidas билан шартнома имзолади  1 18:56"Барселона" Бразилия терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  1 18:27Рой Кин: "Илгари дурангдан сўнг "Манчестер Юнайтед"га нисбатан ҳуштакбозлик қилишарди, энди эса олқишлашмоқда"  6 17:59"Барселона" футболчиси шартномани узайтириш бўйича музокараларни тўхтатди  3 17:33"Куртуа Бельгия терма жамоасига қайтиш-қайтмаслик масаласини ўзи ҳал қилиши ғалати"  13 17:06"Арсенал" мухлислари учун хушхабар! Артета Сака жароҳатдан қайтаётганини эълон қилди  2

Mate Vatsadze: "Mavsum yakunida "Qizilqum"ni qaysi o'rinda ko'ramiz? Bu xaqida gapirishga hali erta" Yangiliklar

Mate Vatsadze: "Mavsum yakunida "Qizilqum"ni qaysi o'rinda ko'ramiz? Bu xaqida gapirishga hali erta"

Navoyining "Qizilqum" jamoasi Superliganing 13-turida Bekobodda "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi va muhim uch ochkoga ega chiqdi.

Ushbu uchrashuvda "Qizilqum"ning birinchi goliga gruzilik hujumchi Mate Vatsadze mualliflik qildi. Futbolchi darhaqiqat nozik harakatlar bilan Aleksandr Lobanov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Biz esa o'yindan so'ng Vatsadzening fikrlari bilan qiziqdik. 

"Birinchi bo'limda jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi harakat qila oldik. Raqib safida yaxshi saviyadagi yosh futbolchilar yig'ilgandi. Ular o'yinni o'zgartirib yubora olardilar. Lekin biz bunga yo'l qo'ymadik. Ikkinchi bo'limni biz yaxshi boshladik va ikkita gol urdik. "Metallurg"ni o'z maydonida hujumkor o'ynashini bilardik. Ularning kuchli tomonlarini zararsizlantirishga urindik.  Eng asosiysi g'alaba biz tomonimizda bo'ldi. Muhimi shu.

Bevosita golimga kelsak, qaysidir manoda omad ham kulib boqdi. CHiroyli gol urganimdan xursandman. SHuningdek golga assistentlik qilgan jamoadoshimga ham rahmat aytaman. Bilsangiz "Qizilqum"da ahil jamoa yig'ilgan. Murabbiylar shtabi har bir o'yinga munosib tayyorlashmoqda. Maydonda bor kuchimizni ko'rsatishga harakat qilmoqdamiz. Ijobiy natijalarning siri shunda. Mavsum yakunida qaysi o'rinlarni egallashimiz haqida gapirishga erta, deb o'ylayman. Bu yil chempionatda ko'p jamoalar yuqori o'rinlar sari intilishmoqda. Raqobat kuchli, degan bo'lardim. Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Hozir hammasi yaxshi ketmoqda. Qolganini vaqt o'tgach bilib olaveramiz",- deydi Mate Vatsadze.

Super gollar urilgan bahsda "Qizilqum" "Metallurg"ni mag'lub etdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика