Matbuot kotiblariga hayfsan elon qilindi
22 apr 2016 23:46
Yangiliklar
Matbuot kotiblariga hayfsan elon qilindi
O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2016 yilgi musobaqalar Reglamentining 19-moddasi 19.22-bandiga muvofiq, Oliy Liga klublari matbuot kotiblari uy uchrashuvlari hisobotlari (uchrashuv protokoli nusxasi, fotosuratlar va boshqa malumotlar)ni O'zPFLning rasmiy elektron pochtasi (media@the-uff.com)ga yo'llashlari shart.
Oliy Liga 5-turidan olgan “Lokomotiv” – “Mashal”, “Nasaf” – “Qo'qon-1912”, “Metallurg” – “Obod” hamda “Buxoro” – “Andijon” uchrashuvlaridan so'ng mezbon jamoa matbuot xizmati hisobotlarni O'zPFLning rasmiy elektron pochtasiga yubormagan. Reglament talabiga bo'ysunmagani uchun, mazkur klublar qattiq ogohlantiriladi.
Alohida takidlab o'tish joiz, Reglamentning 19-moddasi 19.22-bandi talablarini bajarmagan klublarga nisbatan Oliy Liga 6-tur uchrashuvlaridan boshlab moliyaviy jarima choralari qo'llaniladi.
Fikrlar