So’nggi yangiliklar

08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  4 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  4

Matbuot kotiblari va "SA" Krasnodarda. Stadion bilan tanishuv FOTOGALEREYA Yangiliklar

Matbuot kotiblari va "SA" Krasnodarda. Stadion bilan tanishuv FOTOGALEREYA

Superliga klublari matbuot kotiblari ayni paytda Rossiyaning "Krasnodar" futbol klubida malaka oshirayotgani haqida xabar berib o'tgandik.

14 aprel kuni "Krasnodar" Premer-liganing navbatdagi turida o'z maydonida Tulaning "Arsenal" klubini qabul qilib 3:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan ertasi kuni yakshanba bo'lgani uchun odatga ko'ra hamma dam oldi. Bugun esa o'quv-seminarni davom ettirish maqsadida yana stadion tomon yo'l oldik. 

O'tgan galgidek bizni stadionga kiraverishda klub press-attashesi Denis Danilchenko kutib oldi. Dastlab matbuot anjumanlari zalida "Krasnodar" futbol klubining matbuot kotibi, media departament bo'limi boshlig'i, akademiya matbuot kotibi, ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha xodim bilan o'zaro fikr almashdik. Seminar davomida bir qator savollarga javob ham oldik. 

Bu haqda hali batafsil to'xtalish niyatim bor. CHunki uchrashuv chog'ida ko'p qiziq gaplar bo'ldi. Hozircha shuni aytishimiz mumkin, "Krasnodar" futbol klubida matbuot eng katta bo'limlardan biri hisoblanadi va asosiy tarkib, o'rinbosarlar, ikkinchi liga jamoasi hamda klub akademiyasi bilan qo'shib hisoblasak 20 nafarga yaqin xodim ishlar ekan. Har bir xodimning o'ziga alohida ish yuklatilgan va doim shu bilan mashg'ul bo'ladi. 

Yani, bizdagi klublarga o'xshab u erda matbuot kotibi qo'lida fotoapparat bilan hali rasm olib, hali onlayn translyaciya qilib, hali qarasang videorolik tayyorlashga yugurmaydi. Bu erda hammaga yuklatilgan o'z vazifasi bor. Mayli, bu haqda keyinroq. Hozircha esa fotosuratlardan bahramand bo'lib turamiz.

X.Xoliqov, Krasnodar shahridan. 

Stadionda mehmon jamoa muxlislari uchun alohida kassa ishlaydi

Seminardan lavhalar


"Qo'qon-1912" matbuot kotibi Akramjon Mamadaliev klub atributikalarini "Krasnodar" matbuot xizmati vakillariga hadya qildi

Bu erda murabbiy va futbolchilar o'yindan oldin va keyin TV uchun flesh intervyu berishadi 

Kiyim almashtirish xonasida futbolchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan

Har bir futbolchining o'z seyfi bo'lib, bunda kerakli narsalarni saqlab qo'yishi mumkin

SHundoqqina kiyim almashtirish xonasi yonida jakuzi bor

O'yindan keyingi tiklanish jarayoni mana shu erda olib boriladi

Sovuq sauna. O'yindan keyin futbolchilar bu erda 3-5 daqiqa mobaynida o'tirishadi

Sovuq saunada havo harorati minus 110 darajaga chiqadi

Stadion hududi doim kameralar kuzatuvida 

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика