So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  3 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  7 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  3 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  14 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  45 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Matbuot kotibiga etiborsizlar yoxud klublar 2000$ o'z muxlislaridan qizg'anyaptimi? Yangiliklar

Matbuot kotibiga etiborsizlar yoxud klublar 2000$ o'z muxlislaridan qizg'anyaptimi?

Antaliyaga birinchi yil kelishimiz emas, ketma-ket ikkinchi mavsum o'zbek klublarini yoritish uchun tashrif qildik.

Ayrim jamoalarda tarkib, murabbiylar butunlay o'zgardi, xorijlik mutaxassislar keldi. Ammo ularning matbuot kotibiga munosabatida zarracha o'zgarish ko'ringani yo'q. Nodirxo'ja Yo'ldoshevning bir necha yillar avval feysbukda qoldirgan postiga nazar tashlang oradan 6 yil vaqt o'tdi! 


Endi 2023 yilda qaysi klub matbuot xizmatini birga olib keldi? "Bunyodkor", "Nasaf", "Paxtakor", "Qizilqum", "Andijon", "Lokomotiv", yani 6ta jamoa. Bittasi Pro liga klubi. Demak Superliganing 13ta vakilidan faqat 5tasi bu ishni amalga oshirgan. 

O'zi matbuot xizmati nega kerak?

Matbuot xizmati bu - klubning imijini belgilab beradigan, muxlislar, OAV o'rtasidagi asosiy ko'prik. Biz aynan ular orqali murabbiylarga chiqishimiz, futbolchilardan intervyular olishimiz, o'yin manzili va maydonini aniqlashimiz mumkin. Antaliyada shunday holat bo'lyaptiki, biz o'sha jamoaning boshqa odamlaridan (murabbiy, futbolchi va hokazo) so'ryapmiz. Kechirasiz, qaysi asrda yashayapsiz? Hech zamonda jurnalistlar deylik Xaviga yoki Ten Xagga chiqib matbuotga aloqador narsani so'rashganini eshitganmisiz? Uyatli holat. 



"Andijon"ga tasanno, “Paxtakor” bu erda ham chempion

"Andijon" klubi rahbari Ulug'bek Mirzaev doim ishlagan joyida klub imijini birinchi o'ringa qo'ygan, jurnalistlarga ochiq munosabatda va matbuotga katta etibor qaratgan. Bu yil Turkiya yig'iniga matbuot kotibi va bitta tashqaridan jurnalistni birga olib ketdi. "Bitta jurnalistni olib ketgan bilan klub boy ham, kambag'al ham bo'lib qolmaydi",- deydi Ulug'bek Mirzaev. "Andijon" telegram kanaliga qarang, qanday yorityapti. "Paxtakor"ning ijtimoiy tarmoqlarida avvalgiga nisbatan kreativlik oshdi va kunlik foto, video va o'yinlar jonli efirda taqdim etib borilyapti. "Bunyodkor", "Nasaf" jamoalari matbuot xizmatlarini faoliyatini ham yaxshi baholash mumkin. Muhimi malumot berib turilibdi. 



Bitta matbuot kotibini olib ketish qanchaga tushyapti?

Bir hisoblab ko'rsak, chipta narxi 600 dollar, mehmonxonada istiqomat qilish 70-80 dollardan. Nari beri 2 haftaga ko'pi 2000 dollargacha ketishi mumkin. Endi klublarning byudjetiga qaraymiz. Eng boy klubimizning yillik byudjeti 80 milliard so'mdan ortadi.  Nahotki, bir yilga shuncha xarajat qiladigan klub o'z muxlislari uchun 1500 dollar topa olmasa. "Kavkaz asirasi" filmida zo'r jumla ishlatilgan: "Hovli sotib olishga xushim bor-u, imkoniyatim yo'q. Echki sotib olishga imkoniyatim bor-u, xushim yo'q". Xo'sh, sizda matbuot kotibini olib ketishga qaysi biri yo'q? Imkoniyatmi yoki xohishmi?



Ochiq va qo'rqoq murabbiylar

SHunday murabbiylar bor matbuot uchun doim ochiq, istagan vaqtingizda borib mashg'ulotni kuzatavering, indamaydi. Qaytaniga xursand bo'ladi va istagan savolingizga javob beradi. Yuqorida aytdim, stadion, mashg'ulot maydonlarini murabbiylardan so'ramoqdamiz. Endi yo'q taktikasini yashirib, boshqalar bilib qolishidan qo'rqib, hattoki jurnalistni ko'rsa 20 chaqirim naridan qochadigan, ertaga falon maydonda bo'lamiz deb, boshqa maydonga ko'chib oladigan (gap egasini topadi) murabbiylar ham bor. 

Jovvani Trapatonidan iqtibos keltiraman:

- Nima uchun siz mashg'ulotlarni yopiq tarzda o'tkazmaysiz, barcha bemalol kelib tomosha qilib ketmoqda,  axir raqiblarga sizni o'rganish uchun yaxshi sharoit qilib beryapsiz-ku?

- Kelib istaguncha o'rganishi, kuzatishi mumkin. Lekin ularda men kabi mahoratli ijrochilar yo'q. SHunday ekan, men bundan xavotir olmayman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика