So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Matbuot kotibiga etiborsiz klublar loyihasiga marhamat! Yangiliklar

Matbuot kotibiga etiborsiz klublar loyihasiga marhamat!

Oliy liganing birinchi tur o'yinlari ham yakuniga etdi. SHunday ekan, yangi loyihani boshlasak bo'laveradi.

Bu loyihamizni amalga oshirishdan asosiy maqsad, oliy liga klublaridagi matbuot kotiblarining klub va muxlislar oldidagi o'rnini ko'tarish. Matbuot kotibi ham klubning bir bo'lagi va u bo'lmasa, klubning faoliyatidan ne naf? Axir matbuot kotibi emasmi, klub bilan muxlis o'rtasidagi vositachi. 


Oliy liga 1-turida quyidagi o'yinlar bo'lib o'tdi:


Mezbon M/K Mehmon M/K
Paxtakor + Olmaliq +
Bunyodkor + Buxoro -
Nasaf + Andijon -
Metallurg + Lokomotiv +
Neftchi - SHo'rtan +
Qiziqlum + So'g'dyoina +
Navbahor + Mashal +
Dinamo + Qo'qon-1912 +


Yuqorida (+) qayd etilgan jamoalarning matbuot kotiblari o'yinda ishtirok etganlar. (-) ko'rsatilgan klub vakillari esa o'yinda qatnashmadilar. "Buxoro" o'z tarixida hali biron marotaba matbuot kotibini safar o'yiniga olib bormagan. "Andijon" esa bu ishni doimiy amalga oshirmaydi. Natijada muxlislar va sayt o'rtasida bazi muammolar kelib chiqyapti. "Neftchi" ishtirokidagi matbuot anjumanlari esa hech qaerda chop etilmadi. Bu borada "Neftchi"da ham kerakli ishlarni amalga oshirish lozim. O'ylaymizki, keyingi turlarda bu muammo bartaraf etiladi. 


Bu loyihani har tur davomida amalga oshirib boramiz. Keyinchalik nafaqat o'yinga borgan yoki bormaganligi, balki klub tomonidan rasmiy liboslarni kiyganligi, kerakli texnika jihozlari bilan taminlangani borasida ham aniq malumot berib boramiz. Zora klub rahbarlari uyalganidan ham matbuot kotiblari uchun sharoitni yaratib bersa. 


Bazi klub matbuot kotiblari quruq rahmatga ishlaydilar, muxlislar uchun. Lekin muxlis uchun, klub matbuot kotibiga sharoit qilib bermasa uyat bo'ladi. 


Yaqinda katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan O'FFdagi matbuot anjumanida Mirabror Zufarovichga savol berar ekanman, viloyat futbol klublari matbuot kotiblariga etibor qaratmasliklarini va bu borada ularga qarshi jiddiy chora ko'rish vaqti kelganini aytib o'tdik. Ajab emas, futbolimiz rahbari yonida aytilgan gaplardan klublarimiz to'g'ri xulosa chiqarishadi. Biz esa o'z navbatida mazkur statistik malumotlarni O'FF prezidentiga etkazishga vada beramiz, toki klublarimiz matbuot kotibiga hurmat bilan qaramaguncha.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика