Matbuot Gonsalo Iguainning "CHelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tish sanasini bilib qoldi
18 jan 2019 11:44
Yangiliklar


Matbuot Gonsalo Iguainning "CHelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tish sanasini bilib qoldi
"Yuventus"ga tegishli bo'lgan "Milan" hujumchisi Gonsalo Iguainning "CHelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tish sanasi malum bo'ldi.
"Football Italia" xabariga ko'ra, bu 18 yanvar juma, yani bugungi kunga rejalashtirilgan. Demak, futbolchi bugunoq "CHelsi" futbolchisi sifatida tanishtirilishi mumkin.
Oldinroq malum qilinganidek, "CHelsi" argentinalikni mavsum yakuniga qadar va buni bir yilga uzaytirishi mumkinligi bilan ijaraga oladi.
Bu mavsumda Iguain "Milan" tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar