So’nggi yangiliklar

00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  1 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  19 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  18 22:52Миржалол Қосимов: "Яратганга шукр, бизни ҳаракатимизга яраша мукофотлади"  10 22:50"Реал Вальядолид" — "Барселона". Ансу Фати асосий таркибда  81 22:46А Серия. "Наполи" меҳмонда ғалабага эришди, "Интер" "Верона" билан куч синашади  1 22:41Александр Хомяков: "Ҳафсалам пир бўлди"  46 22:38ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Араз" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев биринчи бўлимнинг ўзида захирада майдонга тушди ва сариқ карточка олди  0 22:34Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Страсбур"га мағлуб бўлди  5 22:23Асрор Алиқулов: "Бухоро" ўз услубини ўзгартиргани йўқ. Биз эса қийин ғалабага эришдик"  7 22:15"Сурхон" ўз уйида 22 йиллик танаффусдан сўнг "Пахтакор"ни мағлуб этди  95 21:59"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди  0 21:39Олмалиқда ҳақиқий драма! Хуршид Ғиёсовнинг бенифисига айланган учрашувда ОКМК "Андижон" билан 1:3 ни 4:3 га айлантирди!  187

Matbuot anjumani (to'liq). O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite: "Futbolchilarda katta salohiyat bor, maqsadimiz Jahon chempionati va Olimpiadaga yo'llanma olish" Yangiliklar

Matbuot anjumani (to'liq). O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite: "Futbolchilarda katta salohiyat bor, maqsadimiz Jahon chempionati va Olimpiadaga yo'llanma olish"

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston ayollar terma jamoasiga litvalik murabbiy Kotrina Kulbite tayinlandi.

Bugun O'FA majlislar zalida terma jamoamizning yangi ustozi va OAV o'rtasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

"Men O'zbekistonda ish boshlaganimdan xursandman. Bu mamlakat katta tarixga ega. O'zbekistonda futbolga katta etibor berishmoqda, buni tushunib turibman. Taklif tushganida bir qarorga kelishim qiyin bo'lmadi. Yaqinlarim bilan maslahatlashgan holda kelishuvga erishdik. O'zbekiston ayollar terma jamoasi bilan katta yutuqlarga erishishimga ishonaman",- deya gap boshladi Kotrina Kulbite

- Yangi jamoa, boshqacha muhit, darajasi turlicha bo'lgan joyga kelayotganingizda o'sha mamlakat futboli, chempionati, ayol futbolchilarini o'rganish siz uchun qanchalik muhim? Sizda qanday xulosalar bor?

- O'zbekiston ayollar terma jamoasini avvaldan bilganman. Ularga qarshi turli musobaqalarda o'ynaganmiz. Bu erga kelganimda futbolchilarni bilib olishim uchun O'FA rahbariyati o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil qilib berdi. Bundan xulosam shu bo'ldiki, O'zbekiston ayollar terma jamoasi futbolchilarida juda katta salohiyat bor. 

- O'FA siz bilan muzokara jarayonida oldingizga aniq vazifa qo'ydimi?

- Hozirgi kundagi asosiy etiborimiz Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rish. Keyingi yilda Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Maqsadimiz Jahon chempionati va Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olish. Xabaringiz bor, bu musobaqalarga kvotalar soni ko'paytirilgan. 2029 yilgi Osiyo chempionati O'zbekistonda bo'lib o'tadi. Bunda ham yuqori natijalarni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. 

- O'zbekiston terma jamoasida avval yaponiyalik murabbiy Midori Xonda ishlagandi. Bunda til bilan bog'liq muammo bo'lgandi. Bu safar bosh murabbiy MDH mamlakatlaridan qidirildi. Futbolchilar bilan muloqotda muammo bo'lmaydimi?

- Men rus tilida tushunaman va gapira olaman. Futbolchilar bilan muloqotda muammo yo'q.

- Aksariyat mamlakatlarda katta futboldagi qizlar futzalda ham o'ynashadi. O'zbekistonda ayollar futzal jamoalari yo'qligi uchun futboldan olinadi. Yozda ayollar o'rtasida Osiyo chempionati bor. Katta futbolda esa saralash o'yinlari kutib turibdi. Bu pallada qizlarni futzalga qo'yib yuborasizmi?

- Mazkur masalada muammo bo'lmaydi. Biz futzal federaciyasi bilan birgalikda buni ko'rib chiqamiz. O'ylaymanki, qizlar futzalda ham, futbolda ham yutuqlarga erishishadi. Hozirda CAFA turniri bo'lib o'tmoqda. U erda Feruza, Ilvina kabi o'yinchilarimiz to'p tepmoqda. Tajribali futbolchilar katta futbolda ham kerak. 

- Sizning boshchiligingizda yig'in tashkil qilindi. Ushbu mashg'ulotlardan qanday taassurotlar oldingiz?

- Bir narsani unutmaslik kerakki, bu mavsum oldi yig'ini edi. Hozirda biz futbolchilarning jismoniy sifatlarini oshirishga qaratmoqdamiz. Hayron qoldirgani, ularning texnik tayyorgarligi. Ular bu tomondan tayyor. Biz har doim yuz foizga tayyor bo'lishimiz kerak. 

- O'zbekistonga o'z murabbiylar shtabingiz bilan keldingizmi yoki bu mahalliy mutaxassislardan tuzildimi?

- O'FA murabbiylar jamoasini taqdim qilgan. Vladimir Panov, Mahliyo Sarikova katta yordam berishmoqda. 

- Yaqinda Jahon chempionatiga saralash bahslari boshlanadi. Qisqa vaqt ichida nimalarni yaxshilash kerak?

- Tayyorlanishga vaqtimiz kam. Saralashga yaxshi hozirlik olib borish uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boramiz. Yaqin orada 3 ta uchrashuv o'tkazishimiz rejalashtirilgan. Janubiy Koreya, Iordaniya va Tailand bilan o'ynaymiz. Bundan keyingi raqiblarimizni ham elon qilamiz. 

- Kotrina Kulbite OAV, media bilan ishlashga qanday qaraysiz? Ochiq murabbiymisiz yoki yopiq?

- OAV bilan ishlashga har doim tayyorman. Ayollar futboli haqida ko'proq gaplashishimiz kerak. Har qanday yordam kerak bo'lsa marhamat. Ayollar futbolini yangi cho'qqilarga olib chiqishni niyat qilganman. Men ham murabbiy, ham inson sifatida o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman. Ayollar futboli atrofidagi insonlar ham o'z ishlarini qilib yutuqlarga yordam berishlari kerak.

- Osiyodagi kuchli jamoalar Avstraliya, Yaponiya darajasiga chiqish uchun ko'proq nimalarga urg'u qaratish zarur?

- Biz har bir FIFA kunlarida kerakli yig'inlar, uchrashuvlar tashkil qilishimiz darkor. Bu orqali o'zimizning darajamizni ko'tarib boramiz. 

- O'zbekistonda har doim yashaysizmi? Ayollar chempionatining viloyatlardagi uchrashuvlarini kuzatasizmi?

- Ha, men ish vaqtim O'zbekistonda bo'laman. Nafaqat terma jamoada, balki skauting, murabbiylarni rivojlantirishda yordamimni beraman. Yaqinda "Bunyodkor" va "Paxtakor"ning o'yinlarini kuzatdim va kerakli malumotlarni to'pladim. Ayollar futboliga etibor erkaklarnikiga qaraganda kuchlimas. Lekin har bir erkaklar futbol klubi ayollar jamoasiga ega bo'lishi kerak. O'FAda ayollar futbol bo'limi bor. Hamma rivojlanishga birgalikda hissa qo'shishi kerak. 

- Evropa va Osiyo ayollar futboli darajasida qanday farq bor?

- Evropa futboli rivojlangan. Biz bazi bir Evropa mamlakatlari terma jamoalari bilan o'ynamoqchimiz. Ularda kuchli jamoalar ko'p.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

+5   
12 fev 14:43:10
Sahoyat Reise
-Кечирасиз, исм-шарифлари?
-Марфа Василевна..

- Ресторанингизни алохида хонаси йуқми? Уххх, бойвучча, бойвучча, қош-у кузи пиликдай.. ээххх :)
+4   
12 fev 17:04:33
Aziz Abdullayev
Саволни кара очик мураббиймисиз ёпикми ундан ку́ра турмушга чикканмисиз деб ку́яко
+3   
12 fev 16:58:08
Aziz Abdullayev
Sahoyat Reise foydalanuvchining fikriga javob berish
-Кечирасиз, исм-шарифлари? -Марфа Василевна.. - Ресторанингизни алохида хонаси йуқми? Уххх, бойвучча, бойвучча, қош-у кузи пиликдай.. ээххх :)
Киприклари попукдай лаблари гунчадай МММ м деган Иван василевич
+3   
12 fev 16:54:51
Aziz Abdullayev
Ishqilib trenermikan yo model bòlganmikan oldin
+2   
12 fev 17:00:26
Aziz Abdullayev
Бундан ортик бизга Яна Нима керак
+1   
12 fev 17:36:42
Odilbek Abdushukurov
Sahoyat Reise foydalanuvchining fikriga javob berish
-Кечирасиз, исм-шарифлари? -Марфа Василевна.. - Ресторанингизни алохида хонаси йуқми? Уххх, бойвучча, бойвучча, қош-у кузи пиликдай.. ээххх :)
:))
+1   
12 fev 16:53:54
Aziz Abdullayev
Murabbiyamiz norm ku a
+1   
12 fev 15:16:36
Mahmud Ttww
Пул ювишдан бошқа нарса эмас аёллар футболи, бу хонимча япон уддаламаган нарсани уддалашига ўзи ҳам ишонмаса керак.
+1   
12 fev 14:32:28
Betarofff
Bu ham uzog'i 1-2 yilda soqqani bosib sekin ketadi. Tizim yuqku bu nima qiberoladi. 0-100 gacha tizim kerak.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика