So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  1 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

Masud Toirov: “Surxondaryo futbolini tiklash kerak” Yangiliklar

Masud Toirov: “Surxondaryo futbolini tiklash kerak”

Farg'onaning Neftchi jamoasidagi yorqin o'yinlari bilan tanilgan himoyachi Masud Toirovning faoliyatini tugatganiga ancha bo'ldi.

Bu futbolchi Yuriy Sarkisyanning ishonchli shogirdlaridan biri edi. Ayniqsa, jamoaning muvaffaqiyatlarida munosib hissa qo'shgan. SHu bois Toirovlarning kichigi farg'onalik muxlislarning yoqimtoyiga aylangandi. Toirovlar sulolasining yana bir  vakili Abdumajid esa o'tgan mavsumda rasman butsalarini mixga ilib, endilikda Bunyodkor akademiyasida ishlamoqda. Masudning esa ayni paytda nima bilan mashg'ul ekanligidan ko'pchilik bexabar.  Bunga oydinlik kiritish maqsadida Masud Toirov bilan suhbatlashdik.

- Futboldan ketganingizga ancha  bo'ldi. Bundan keyin siz haqingizda deyarli xabarlar eshitmadik. Xo'sh, bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?


- Millionlar o'yinidan butkul uzoqlashganimcha yo'q. Baribir, uning lazzatini his qilish yoqimli. Ayni paytda tadbirkorlikni yo'lga qo'yganman. SHu bilan birga,  murabbiylikni ham kanda qilmayman. Birorta jamoa­dan taklif tushsa, albatta, ishlagan bo'lardim.

- Nahotki, ikkinchi liga o'yinlarida ham birorta jamoani bosh­qarish nasib qilmayotgan bo'lsa?

- Tan olish kerak, bugungi kunda Surxondaryo viloyati futbolida biroz pasayish kuzatildi. Ikkinchi liga o'yinlari ham talab darajasida emas. Juda ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqayotgan bir paytda musobaqani tashkil qilishning nahotki iloji bo'lmasa? Jamoalar bo'lmaganidan keyin, qaerda ishlashni ham bilmay qolarkansiz.

- Futbol o'ynashni istaganlar topiladimi?

- Albatta. Ko'plab bolalar yonimga kelib, shug'ullantirishlarini so'rashadi. Hattoki, ularning ota-onalari ham bunday taklif bilan chiqishadi. Biroq homiy bo'lmaganidan keyin nima ham qila olasiz? Men bu borada tuman rahbarlariga ko'p marotaba murojaat qildim. Aytish kerak, birortasidan tayinli sado chiqmadi. Viloyat futbolining ahvoli tobora yomonlashmoqda. SHunday kattakon hududdan birorta jamoa bo'lmasligi achinarli emasmi? Qolaversa, birinchi ligada ham jamoamiz yo'q. Oliy ligada qatnashish esa yirik sarmoya talab etadi. Bunga qo'limiz kaltalik qilar, ammo hech bo'lmas birinchi ligada qatnashsak, viloyatimizdan etishib chiqayotgan bolalar jamoa topishda qiynalmasdilar. Qanchadan-qancha iqtidorlarni yo'qotmoqdamiz. Viloyatimizdan etishib chiqqan ko'plab futbolchilar Bugungi kunda faoliyatlarini boshqa klublarda davom ettirishmoqda.

- CHindan ham, Surxondaryo viloyati futboli ancha orqaga ketmoqda. Bunga nimalar sabab bo'lmoqda?

- Menimcha, tashabbus ko'rsatadiganlar topilsa, albatta, millionlar ­o'yini yanada rivoj topadi. Homiy bo'lsa, hech kim ishlashdan bosh egmaydi. Bizning tumanda ham birortasi homiylik qilib, to'plar, anjomlarni sotib olish, safarlarga chiqish uchun sharoitni yaratib bersa, maosh olmay ishlashga ham tayyorman. Buni bir necha marotaba aytganman. Pul uchun murabbiylik qilmayman. CHunki men futbolni sevaman va unda ishlash uchun borimni bermoqchiman.

- Demak, yaqin orada Bozorovlar, Toirovlar, Do'rmonovlarning izdoshlarini uchratmasligimiz mumkin  ekanda?

- Avvalo, shunday futbolchilar soni ko'p bo'lsin. Surxondaryo futboli azaldan ajoyib ijrochilarni etishtirib bergan va shu tariqa davom etadi. Faqatgina uni rivojlantirish bir kishining qo'lidan kelmaydi. Boshqa tashabbuskorlarning ham hissasi katta bo'lsa, ishonamanki, yaqin orada viloyat futboli o'z mavqeini ancha tiklab oladi. Buning uchun joylardagi futbol holatini yaxshilash talab etiladi.

- Murabbiylik qilish uchun bosh­qa joyga borib ishlab ko'rmaysizmi? Yoki takliflar yo'qmi?

- Takliflar bo'ldi. Faqatgina, o'zimning xohishim bilan keta olmadim. CHunki oilada kenja farzandman. Ota-onam bilan birga yashayman. Ularni tashlab, boshqa viloyatga borib ishlash qiyin. Hozirda tadbirkorlik bilan shug'ullanib turibman. Ishimdan qoniqmoqdaman. Biroq futbol men uchun muhimroq. Qachondir o'zimizda ham futbol taraqqiy etsa, ishlayman.

- Oliy liga o'yinlarini kuzatayotgan bo'lsangiz, saviya borasida nimalarni ayta olasiz?

- Ish bilan mashg'ul bo'lganim bois, asosan natijalarni bilish bilan kifoyalanyapman. Aytish kerakki, oliy ligamizda jamoalarning soni ortgani baribir foyda bermoqda. Intriga oshganligi ko'zga tashlanmoqda. Bu esa albatta, yaxshi. CHempionatimizning saviyasi ko'tarilishi terma jamoaning foydasiga ishlaydi.

- Sobiq jamoangiz Neftchining holati haqida nima deya olasiz?

- Farg'onaliklar bu yil yaxshi o'ynashmoqda. O'tgan yillarda klubning ko'rsatayotgan natijalariga havas qilib bo'lmasdi.  Bu yilgi o'yinlar Neftchi holatini tiklayotganidan dalolat. Bu esa meni quvontirmasdan qolmaydi. Eng yaxshi damlarim ushbu klubda o'tgan. SHuning uchun ham bu jamoaga befarq emasman. Farg'onaliklarning kelgusi yillardan boshlab xalqaro musobaqalarda to'p surishini istayman.

- Siz o'ynagan vaqt bilan hozirgi futbolni solishtira olasizmi?

- Bugungi kunda futbolchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar alo darajada. Ayniqsa, yoshlarimizga havas qilaman. Bizning paytda biroz boshqacharoq edi. Biroq men har bir o'yinimdan lazzat olganman. Hech qachon nolimaganman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика