Massimiliano Allegri "Yuventus"dan 15 ochko olib tashlangani borasida nimalar dedi?
21 jan 2023 23:19
Yangiliklar
Massimiliano Allegri "Yuventus"dan 15 ochko olib tashlangani borasida nimalar dedi?
"Ertaga bizni juda qiyin o'yin kutib turibdi. Uni yaxshi o'tkazish lozim. Kechagi voqelikdan keyin barchamizda birdamlik oshishi kerak. Bor fikrimizni maydondagi o'yinga qaratishimizga to'g'ri keladi. Ochkolarni to'plamasak, hech nima o'zgarmaydi.
"Atalanta" juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va hozir yaxshi holatga kirib olgan. G'alaba haqida o'ylaydigan jamoa. Biz esa boshqa turnirlarda ham ishtirok etyapmiz. Jamoaning ishi maydonda o'ynash, klub esa qolgan ishlarni hal qiladi.
Hozir 7-o'ringa ko'tarilib olish haqida o'ylayapmiz, qolganini keyin ko'ramiz. Endi bo'layotgan voqeliklardan kelib chiqib qarorlar chiqariladi. Biz g'alati mavsumni o'tkazyapmiz. Balki Evropa ligasi bizga ECHL yo'llanmasini taqdim qilar. CHunki endi chempionatda 60 dan oshiq ochko yig'a olmaymiz", - dedi Allegri.
Fikrlar