Massimiliano Allegri: "Men o'yin paytida takroriy lavhalardan foydalanishga qarshiman"
11 okt 2014 01:33
Yangiliklar


Massimiliano Allegri: "Men o'yin paytida takroriy lavhalardan foydalanishga qarshiman"
"Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o'yin paytidagi takroriy lavhalardan foydalanishga qarshi ekanligini bildirdi.
Men bunga qarshiman. O'yin takroriy lavhalarni deb to'xtab qolmasligi kerak. Bundan tashqari takroriy lavhalar futbol bezagini buo'ib qo'yishi mumkin. Maydonda qarorni hakam chiqarishi kerak. Kompyuter emas. Faqatgina o'yindan tashqari holatlarni ko'rish uchun bu tizimdan foydalansa bo'ladi. Qolgan paytlarda emas. Unda futbol o'zarib ketadi. Bu gapni "Milan"da ishlaganimda ham aytganman. O'shanda Muntarining "toza" goli inobatga olinmay qolgandi. Lekin bu narsa meni fikrimni o'zgartira olmagan.

Fikrlar