So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Massimiliano Allegri: “Kimlar bilan ishlashimni bilish men uchun muhim” Yangiliklar

Massimiliano Allegri: “Kimlar bilan ishlashimni bilish men uchun muhim”

Ikki yil ketma-ket “A” seriya va Italiya Kubogida “Yuventus” bilan zafar quchgan Massimiliano Allegri klubi bilan Italiya futboli tarixida bu ishni birinchi marta uddalab, rekord o'rnatdi.

“Sky Sport” telekanalida dasturda boshlovchidan tashqari Juzeppe Bergomi, Zvonimir Boban, Massimo Mauro, Stefano De Grandis va Alessia Tarkvino kabi sobiq futbolchilar “A” seriya yakunlariga doir savollarga javob olishdi.

- “Karpi” bilan uchrashuvda juda ehtirosli ko'ringandingiz. Nima sodir bo'lgandi?
- O'sha uchrashuv qiyin kechgandi, Rojdestvo men uchun yoqimsiz o'tishi mumkin edi. Qandaydir axmoqona. Bazida mashg'ulotlardan oldin yigitlarga o'sha bellashuvda “Karpi” o'yinchisi Lolloning bir metrdan darvozaga to'p kirita olmaganini ko'rsataman. Bunday holat etiborliroq bo'lishga yordam beradi. O'shandan beri yigitlar o'zlarini olqishga mos tarzda ko'rsatishdi. Bahs biz uchun ajoyib qo'ng'iroq bo'ldi. Uchrashuvdan keyin kiyinish xonasida futbolchilardagi bosim juda yuqori edi.

- Odatda xotirjamsiz, ammo asabiylashganingizda hech kimga havas qilib bo'lmaydi.
- Har narsa ro'y beradi. Bazida asabiylashish, bazan jamoani tinchlantirish kerak. O'shanda holatni to'g'ri baholash xislatini yo'qotgandik. Xatoga yo'l qo'ymaslik va etiborni yo'qotmaslik shart bo'lgan holatlar bo'ladi. Bu juda muhim, chempionatni hal qiladigan lahza edi. Ayniqsa, o'shanda. Yomon o'ynab, o'yinni boy berish yoqimsiz. Bellashuv boshi dahshatli kechdi, Borellodan to'p o'tkazib yubordik. Keyin oldinga o'tib oldik va 2 ochkoni u erda qoldirish dahshatli bo'lardi.


- Dastlabki 10 turda xotirjam bo'lishingizni tushunishga harakat qilamiz. Yoga bilan shug'ullanasizmi? Oldingi mavsumlar qanday boshlangan?
- Bunday vaziyat avval umuman bo'lmagan, “Sassuolo”da ham. “Kalyari” bilan 5 o'yinda mag'lub bo'lgandik. “Milan”da birinchi yil 5 uchrashuvda 8 ochko jamg'argandik. Start omadsiz, lekin yakun omadli bo'lgandi. Ikkinchi mavsum yomonroq kechgandi.

- Nega mavsum boshida Rojdestvogacha kutish haqida gapirdingiz?
- Buni isbotlaydigan 7 jihat mavjud. Boshchilik qilgan jamoalarim oktyabr-noyabr oylarida ko'proq yugurishni boshlashgan.
Jismoniy jihat ustida taktikaga nisbatan ko'proq ishlaymiz. Men aniq sxemaga futbolchilarni qatiy tayyorlaydigan murabbiylar sarasiga kirmayman. Ko'proq umumiy falsafa ustida ish olib boraman va bu ko'proq vaqt talab qiladi. SHu bilan birga yozda jismoniy mashqlarni ko'p bajaramiz. O'tgan yili xatoga yo'l qo'ydim va tayyorgarlikni bir hafta kechroq boshladik. Jamoa bir hafta ko'proq dam olishi kerak deb o'yladim, ammo bir haftadan keyin bizni uch bellashuv kutib turgandi: “Borussiya”, “Marsel” va Superkubok. Keyin omadsizlik qamrab oldi. Ha, biz “Torino”ga qarshi derbini oxirgi daqiqalarda yutdik, biroq uyda birgina krossni amalga oshirgan “Udineze”ga imkoniyatni boy bergandik. Xatomiz ruhiy tayyorgarlikda edi. Omadni o'z tarafingga og'dirishing kerak. Ruhan to'g'ri tayyor bo'lsang, darvozaga zarba paytida to'pga oyog'ingni qo'yasan va gol o'tkazishing qiyin. Tayyor bo'lmasang esa darvozaga 30 metr qolganda raqibga yarim metr boy bersang ham to'p o'tazib yuborasan.

- Gap sxema emas, balki ruhiy hozirlikda bo'lganmidi?
- SHunday o'ylayman. Rimda Jekodan o'tkazib yuborgan golimiz va o'shanda yuzimizni eslang. Mavsumga kirib olmaganimiz tushunarli edi. Og'ir mavsumni o'tkazib, Superkubokni yutdik. 10 nafar yangi futbolchi keldi, ko'p yoshlar, faxriylar. Juda ko'p uchrashuvlarda 20-24 yoshdagi 5-6 o'yinchilar bilan o'ynadik. To'pni qabul qilishda qanday sust bo'lganimizni ko'rgansiz. SHunga qaramay, Rimdagi o'sha uchrashuv oxirida durangga erishishimiz mumkin edi.

- O'zgarishlar sizni bezovta qilmadimi?
- Yo'q, har bir qaror tushunarli edi. Teves Argentinaga qaytishni xohladi, Andrea AQSHda o'ynash tajribasiga ega bo'lishni istadi, Vidal o'zi uchun maqul qarorga keldi. Ularni almashtirish zarurligi bezovta qildi xolos. Pirlo va Tevesning qarorini avvaldan bilgandik. Vidal oxirgi lahzalarda buni istadi.

- Pogbaga esa markazda emas, balki hujumlarni tashkil qiluvchi o'rnida o'ynashini aytish lozim edi.
- Hozir Pogba markazda o'ynay olmaydi. Natijalar yo'qligida Padoin markazda o'ynadi, bunday futbolchiga ega bo'lishni har bir murabbiy istaydi. Veronada biz uchun yomon kechgan bellashuvda u maydonda tushib, yaxshi o'yin ko'rsatdi. Menga Padoin 60 metr masofaga to'p oshirmasligini aytishadi. Agar u buni bilganida yanada yaxshi bo'lardi. Futbolchidan u qila olmaydigan narsani talab qilib bo'lmaydi.

- Biroq natijalar yaxshi bo'lmadi?
- O'shanda faqat u himoya oldida harakat qilib, zarur suratni taminlay olardi. Natija yo'qligi Padoinning aybi emas. Jamoaga katta zarur keltirmaydigan murabbiyni yaxshi deb hisoblayman. Kuchli o'yinchilar bo'lsa yutasak, aks holda yo'q. Busiz futboldagi hukmronliklar bo'lmasdi. Hech kim 100 million evroga futbolchi olmasdi va pulni tejardi.


- O'sha uchrashuvlarda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?
- Hech nimani, barchasini to'g'ri qilganman. Mavsum boshida Markizio va Xedira yordam bera olmadi. Xedira bizga kelishiga qadar 2 yil tuzukroq futbol o'ynamagandi. U jahondagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri, u kabi sifat, maydonni ko'rish va o'yinni o'qishda yaxshi ijrochini topish qiyin. Bunday o'yinchilar seni yarim gapdanoq tushunishadi. Aynan ular maydonda farqni yuzaga keltirishadi. Pogba kundan-kunga o'syapti, o'yini ham kattalarga xos. Lekin baribir u qo'pol xatolarga yo'l qo'yib turadi.

- Kuchli tarafingiz to'g'ri tanlov qila olishdir. “Torino” bilan uchrashuvda himoyachini tushirib, yutib ketdingiz. “Napoli” bilan ham shunday bo'ldi. Dibalani almashtirib, g'alaba qozondingiz. Matbuot va muxlislar tanqid qilayotgan paytda ham to'g'ri qarorga kelasiz.
- Mavsum boshida meni to'g'ri tanqid qilishdi. Dibalaning eng yaxshi o'yinchilardan biriga aylanishini bilish uchun Allegri bo'lish shart emasdi, buni uning harakatlarini kuzatib payqash mumkin edi. Dibala bizga “Palermo”dan kelgandi, bu boshqacha holat. U erda Paulo haftada bir marta o'ynagan. Zaza ham “Sassuolo”da shunday holatda bo'lgan. O'sha jamoalarda yutuq, durang yoki mag'lubiyatdan qati nazar bosim bo'lmaydi. Simone “Napoli”ga gol urdi va “Bolonya” bilan bellashuvda uni asosiy tarkibda tushirdim. Biroq  u to'p uchun faol talashmadi ham. Ruhan to'g'ri taqsimotga ega bo'lish darkor. Har uch kunda o'ynashimiz va ularda yutishimiz kerakligini qabul qilish shart. Dibalada “Palermo” safida etarlicha bo'sh hudud bo'lardi, “Yuventus”da buni kutish axmoqlik edi. Jamoamizda u ko'proq to'p bilan ishlab, yarim himoyaga yaqinroq o'ynashi lozim bo'lardi. U hali o'sishi kerak, to'pni o'ng oyog'ida tepishni o'rganishi kerak, aks holda to'pni doim chap oyog'iga to'g'rilab yurishi lozim. Ko'proq oxirgi paslarni berishni o'rganishi kerak, u ko'proq narsalarga qodir. “Yuventus” jamoaga iqtidorli yoshlarni olib kelib to'g'ri qildi, ular eng yaxshi yosh futbolchilardir. Biroq hozircha kutish kerak.

- “Sassuolo” bilan o'yindan keyin Buffon jamoadoshlariga qarata muhim so'zlarni aytdi. SHundan keyin darvozaga qulf solingandek uzoq vaqt chempionatda to'p o'tkazib yuborilmadi. Bu nima bilan bog'liq edi – mentalitetni o'zgartirishmi yoki sxemani?
- Asosiy himoyachilarimiz Barcali, Bonuchchi va Kellini bo'lib, ular birgalikda 14-19% uchrashuvlarda harakat qilishdi, bu juda kam. O'sha bellashuvni qaytadan ko'rib chiqib, murabbiylar shtabi bilan tahlil qilib, kulishdik. Salbiy tarafni o'ylayotganingda faqat kamchiliklarni ko'rasan. O'shanda raqib birgina to'g'ri zarbani jarima zarbasidan yo'llagan, biz esa 3-4 imkoniyatdan foydalana olmagandik. Ehtimol, Turindagi bahsda biz g'alabaga haqli bo'lmadik, shunda ham barcha kamchiliklarni ko'rdik. Buffonning so'zlaridan keyin barchasini asta-sekinlik bilan boshidan boshlashga qaror qildik. Yigitlarga ligada qolish uchun kurashadigan jamoaga aylanganimizni aytdim. “Empoli” bilan bahs oxirida g'alabadan xursand bo'lish o'rniga jahlimiz chiqqandi. O'shanda to'g'ri yo'lda ekanimizni tushundim. Keyin “Torino” bilan bellashuvda bizga omad kulib boqdi. Jijining seyvidan keyin oxirigacha g'alaba qozonishga intildik. O'yinchilarga uchrashuvdan-uchrashuvgacha borishimizni bildirdim. Rojdestvogacha peshqadam bilan farqni 6 ochkogacha, martgacha esa 3 ochkogacha qisqartirishimiz kerakligini takidladim. So'nggi 6 o'yindan 4tasini uyda o'tkazardik. Yigitlar esa imkonsiz ishni uddalashdi, nomlarini tarixga yozib qo'yishdi. Har qanday rekordni yangilash mumkin, biroq 26 o'yindan 25tasida zafar quchish... Yoki uydagi “quruq” seriyani oling.


- “Yuventus” jahondagi eng kuchli himoyaga egami?
- Bizda jahonda eng kuchli sanalgan himoyachilar bor. Ularni har qancha olqishlash mumkin. SHu bilan birga unutmaylik, ular bilan bir xil darajada o'ynaydigan Kaseresni yo'qotgandik. U kuchli va raqib bilan birga-bir o'ynashni yoqtiradigan klassik himoyachi.

- Manjukich himoyaga pressingi bilan yordam beradi va bu raqibga o'yinini qurishga xalal qiladi.
- Manjukich kuchli va haqiqiy motor. U futbolni juda yaxshi tushunadi. Mario chiroyli o'ynamas, lekin taqibdan ajoyib qochadi, havodagi to'plarni yutadi va pasning suratini yaxshi his qiladi. “Sampdoriya” bilan o'yinda u aldamchi harakati bilan Kelliniga gol urishga imkon yaratdi. Yana Lixtshtayner, Evra bor. Evra – ajoyib futbolchi. U o'yinlarga juda to'g'ri yondoshadi. Jamoada bunday o'yinchilar bo'lsa, zafar quchasan. Manjukich esa jiddiy va masuliyatni his qiladigan yigit. “Yuventus”ning CHempionlar ligasidan chiqib ketishiga o'zini aybdor deb biladi. Mag'lubiyatdan keyin 20 kun kiyinish xonasida bir o'zi o'tirdi. Keyin o'ziga kelib oldi. “Bavariya” bilan o'yinga 2 kun olganda oyog'ida og'riq his qildi va tayyor bo'lmasa, uni maydonga tushirmasligim haqida aytdim. U bundan tashvishga tushdi va uni zaxiraga oldim. O'sha bellashuvga tayyor holda bo'lmagani uchun u o'zini aybdor deb hisobladi.

- “Real” Moratani sotib olmasligiga umid qilamiz yoki uning o'rniga kimnidir kutamizmi?
- Umid qilamiz, u biz bilan qoladi. Morata – jahonda har qanday sherik bilan hujumda o'ynay oladigan kam sonli ijrochilardan biri. U markaziy hujumchi yoki ortdagi hujumchi bo'lib ham o'ynay oladi. Bir voqeani aytib beraman. O'tgan yili bizga kelganda darvozaga zarbalar berardi. SHunday holatlarning birida Teves unga jahli chiqqandek qaradi. Keyin Morata bunday tepishni umuman to'xtatdi.

- “Yuve” kelajakda qanday bo'ladi?
- Jamoaga qanday o'yinchilar kelishidan qati nazar ular yaxshi saviyada va ruhan kuchli bo'lishi lozim. Qo'l ostimdagi futbolchilarning barchasi o'sa oladi. Sxema haqida ko'pchilik gapiradi, lekin men kimlar bilan ishlashimni bilishim joiz. Futbolchining sifatini baholab, uni maydonga to'g'ri joylashtirish kerak.


- Keyingi mavsum qanday o'tadi?
- Evropa chempionatidan keladigan futbolchilar bilan ishlashda tartibni o'zgartirish lozim. Bir qator o'yinchilar finalgacha etib borishlari mumkin. Ketma-ket oltinchi Skudettoni yutishni xohlaymiz, bu ajoyib hodisaga aylanardi. Engil bo'lmasligini bilamiz. Ortimizda o'z tarixida eng ko'p ochko yiqqan “Napoli” va o'sib borayotgan “Roma” turibdi.

- CHempionlar ligasi-chi?
- Bu mavsum Sevilyada xatoga yo'l qo'ydik. O'shanda o'zimizni yaxshiroq ko'rsatishimiz kerak edi. “Bavariya” o'z o'yinini namoyish etishi bois birga-bir bahsga tayyor turishimiz shart edi. Keskin bo'lishimiz lozim bo'lgan holda bizga bu jihat salgina etishmadi.

- “Yuve”ning raqobatchilari to'g'risida qanday fikrdasiz?
- Sarri Benites qurgan yarim himoyani ozgina o'zgartirish kifoya qilishini tushunib etdi. Benites kubok musobaqalarida o'zini yaxshi ko'rsatadi, biroq Italiya chempionatida ko'p gol qo'yib yubormaslik juda muhim. 20-25 to'p o'tkazib, 75 gol ursa, chempion bo'lish mumkin. Sarri buni yaxshi angladi va unda ajoyib Iguain bor edi. “Napoli” biz va “Roma”ga yutqazdi, lekin o'sha bahslar teng kechgandi. O'zaro bellashuvda bizning yo'qotadigan narsamiz ko'proq edi. Men Aleks Sandroni tushirdim va biz zafar quchdik.

- “Yuve”dan keyin qaerda ishlashni xohlardingiz?
- Xorijda ishlashni istardim. “CHelsi” bilan aloqaga chiqmaganman. Fevraldayoq “Yuventus”da qolishimni bilardim.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика