Massimiliano Allegri: Biz gol urish haqida bosh qotirishimiz kerak
06 iyu 2015 07:27
Yangiliklar
Massimiliano Allegri: Biz gol urish haqida bosh qotirishimiz kerak
Messi, Neymar, Suares... Yarim finaldan so'ng bu "uchlik"ni qanday to'htatsa bo'ladi degan savolni juda ko'pchilik bermoqda. Finalda juda sovuqqonlik bilan o'ynashimiz talab etiladi. Bizni durang natijasi qoniqtirmaydi. SHu bois gol urish haqida bosh qotirishimiz kerak. Biz yoki "Barselona" "trebl" qayd etishi aniq. Umid qilamanki, biz buni uddalaymiz. Bu narsani amalga oshirish oson kechmaydi. Top jamoani boshqarish juda qiyin ish. Bu narsa tashqaridan qanchalik osondek tuyulmasin, lekin aslida juda mushkul. Luis Enrike "Roma"ni boshqarishdan ishni boshlagandi. Biroq endi bu musobaqa umuman boshqa musobaqa va boshqa daraja. Enrike "Roma"da ham o'z ishiga juda to'g'ri yondoshgan edi.
Final buyuk o'yin bo'lishi lozim. Bizga biroz omad kulib boqishi talab etiladi. Lekin bu omadga o'z mehnatimiz bilan erishimiz kerak.
Biz "Barselona"ni qanday to'xtatishni emas, ularga qanday gol urishni o'ylashimiz darkor.
Biz texnik futbol o'ynashimiz zarur Raqib aynan shu hijatda juda kuchli hisoblanadi. Ularning asosiy quroli bu hujum. Finalda nima bo'lishidan qatiy nazar ushbu mavsum biz uchun juda yaxshi kechdi. Italiya chempionligi va Italiya Kubogi sohibiga aylandik. Jamoa 20 yildan buyon Italiya Kubogida muvaffaqiyat qozona olmayotgan edi. Evropada ham sovrin yutishimiz juda muhim. Uchrashuv davomida diqqat-etibor bilan harakatlanishimiz lozim. Final favoriti "Barselona" ekanligini esdan chiqarmasligimiz kerak.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar