Maskerano Zanetti rekordini takrorladi
30 may 2018 11:14
Yangiliklar


Maskerano Zanetti rekordini takrorladi
"Xebey CHayna Forchun" himoyachisi Xaver Maskerano Argentina terma jamoasidagi o'yinlari soni bo'yicha Xaver Zanetti rekordini takrorladi.
Futbolchi Gaitiga qarshi o'rtqolik uchrashuvida ishtirok etdi. Bahs 4:0 hisobida argentinaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu o'yin Maskeranoning milliy jamoa libosidagi 143-uchrashuvi bo'ldi. Faoliyatini yakunlamagan futbolchilar orasida uning eng yaqin taqibchisi Lionel Messi (124ta o'yin).
Maskerano 2003 yilda Argentina terma jamoasida debyut qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar