Maskerano Zanetti rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
30 may 2018, 11:14
"Xebey Chayna Forchun" himoyachisi Xaver Maskerano Argentina terma jamoasidagi o'yinlari soni bo'yicha Xaver Zanetti rekordini takrorladi.

Futbolchi Gaitiga qarshi o'rtqolik uchrashuvida ishtirok etdi. Bahs 4:0 hisobida argentinaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu o'yin Maskeranoning milliy jamoa libosidagi 143-uchrashuvi bo'ldi. Faoliyatini yakunlamagan futbolchilar orasida uning eng yaqin taqibchisi Lionel Messi (124ta o'yin).

Maskerano 2003 yilda Argentina terma jamoasida debyut qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru