Maskerano "Barselona"dagi so'nggi uchrashuvini qachon o'tkazadi?

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2018, 13:45
Himoyachi Xaver Maskerano "Barselona"dan ketishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar argentinalikni Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubiga 10 mln. evro evaziga sotishmoqda.

Maskerano "Barselona" safidagi so'nggi uchrashuvini 25 yanvar kuni "Espanol"ga qarshi bo'ladigan "Kamp Nou"dagi Ispaniya Kubogi bahsida o'tkazadi. Bugun birinchi kubok uchrashuv bo'ladi, biroq argentinalik jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi.

Oldinroq, Maskeranoning raqami (14) jamoaning yangi futbolchisi Filippe Koutinoga berilishi e'lon qilingan edi.

"Barselona". Maskeranoning transferi deyarli amalga oshdi, qolganlarda nima gap?

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo