So’nggi yangiliklar

13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  1 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  2 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  14 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2

Mashrab Odilov: "Xose Mariya Mendezning tizimini saqlab qolganmiz" Yangiliklar

Mashrab Odilov: "Xose Mariya Mendezning tizimini saqlab qolganmiz"

Xitoy Taypeida futzal bo'yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida 2ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Vakillarimiz ertaga guruhning 3-turidan o'rin olgan Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvdan oldin terma jamoamiz vakili Mashrab Odilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz ushbu musobaqaga alo darajada tayyorgarlik ko'rganmiz. Har bir o'yin biz uchun qiyin bo'lishini yaxshi bilamiz. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi qiyin bahs bo'lishini tahmin qilgandik. Lekin uchrashuv biz kutgandek bo'ldi va o'zimizga bo'lgan ishonch oshdi. Janubiy Koreya terma jamoasi haqida hech qanday malumotga ega emas edik. Murabbiyimiz "osiyo yo'lbarslari"ni zaif tomonlarini ko'rsatib berdi. Barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajardik va Janubiy Koreya terma jamoasini o'ta yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdik. 

Ertaga Yaponiyaga qarshi bahs olib boramiz. Ushbu o'yin biz uchun qiyin bo'lishini yaxshi bilamiz. "Samuraylar" ushbu chempionatga juda ham kuchli tarkibi bilan kelgan. Ushbu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz shart. SHunga yarasha maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Terma jamoadan Xose Mariya Mendez ketganidan so'ng, o'yin uslubi deyarli o'zgarmadi. Biz Mendezni tizimini saqlab qolganmiz va shu tizim bilan harakatlanishda davom etamiz", - deydi Mashrab Odilov.


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика