So’nggi yangiliklar

02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  1 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  2 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  1 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  2 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  2 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  4 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:31Бундеслига старт олмоқда! Мавсумнинг очилиш ўйини учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 22:30Ким сизга ўзбек футболи савияси ўсяпти деб айтса, ишонманг  30 22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  6 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  4

Mashhur futbolchilar hayotida onalarning o'rni Yangiliklar

Mashhur futbolchilar hayotida onalarning o'rni

Taniqli o'yinchilar faoliyatida onalarning o'rni qanday? Bugun aynan shu haqida suhbatlashamiz.

Adrien Rabio

“Barselona” 23 yoshli futbolchi uchun bo'ladigan kurashda g'olib bo'lsa ham, katalonlarni Adriening onasi va agenti Veronik Rabioga qarshi “jang” kutib turibdi. Veronik o'g'lining butun faoliyati davomida uning yonida turib, to'g'ri yo'l ko'rsatishga harakat qilgan. Bir kuni Karlo Anchelotti 16 yoshli Adrienni Qatarda bo'lib o'tadigan PSJ uchrashuviga taklif qilgan (o'smir bola uchun bu katta sharaf edi). Veronik esa farzandi Doxaga borishiga qarshilik qilgan. Sababi, klub egalari u erga futbolchilar turmush o'rtog'i va sevgilisi bilan birga borishi mumkinligini aytishgandi. Biroq, o'yinchining onasi borshiga ruhsat berishmagan.

Klub rahbariyatining bundan jahli chiqib, Rabioni yarim yilga "Tuluzu"ga ijaraga yuborishadi. Jamoa bosh murbbiyi Alen Kazanova esa shunday degandi: “Hech qachon Rabio bilan ham, uning onasi bilan ham oramizda kelishmovchilik bo'lmagan. Birinchi kundan u menga mashg'ulotlarga kelmoqchi ekanini aytgandi. Tabiiyki, menga bunga rozi bo'lmaganman. CHunki onasi uni kuzatib o'tirsa, o'yinchi sheriklaridan hijolat bo'lishi mumkin”.

Veronik uning farzandi bilan ko'proq shug'ullanishlarini talab qilardi. Bu ham etmaganidek, eng qimmat shartnoma tuzishi yoki jamoadan ketishi mumkinligi bilan ularni qo'rqitardi. Veronikning turmush o'rtog'i 10 yil avval insultni boshdan o'tkazganidan so'ng, shol bo'lib qolgandi. Oila tashvishlari yolg'iz onaning elkasiga tushgandi. Hozirgi kunda 23 yoshli yigitning onasi bilan bog'liq bu muammo parijliklarning joniga tekkan. SHuning uchun, PSJ rahbariyati “bosh og'rig'i”dan qutilish niyatida yuribdi. Ammo Rabio ham bir necha marta shartnoma muddatini uzaytirishdan bosh tortdi. SHunday ekan, yozda u "Bavariya", "Barselona" yoki "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin. Ishonchingiz komil bo'lsin, o'yinchining onasi Veronik albatta, o'g'lining yonida bo'ladi.

Krishtianu Ronaldu

30 yoshli Doloresh Aveyruning 3ta farzandi bor edi — ikki qiz, bir o'g'il. U oilasini boqish uchun Funshal shahri mehmonxonalaridan birida tinim bilmay ishlardi. SHuning uchun, to'rtinchi homilasini rejalashtirmagan edi. Bundan xabar topganida hattoki, uni abort qildirmoqchi ham bo'lgan. Biroq Doloreshning bunga qo'li bormay, 1985 yil fevralda ikkinchi o'g'li — besh karra “Oltin to'p” sohibini dunyoga keltirdi.

Ronalduning otasi ko'p ichardi. SHuning uchun farzandlar tarbiyasi bilan yolg'iz ona shug'ullanardi. Krishtianu 12 yoshga to'lganida Lissabonning "Sporting" klubiga taklif qilishdi. Klub stadioni bolakayning uyidan 1000 kilometr uzoqda edi. Avvaliga Doloresh bu taklifni rad etmoqchi bo'lgan. Biroq o'g'liga shunday degan: "Qachonlardir sizni deb futbolchi bo'la olmagandim deyishingni xohlamayman. SHuning uchun, o'zing bir qarorga kel. Yuragingga quloq sol!"

SHu so'zlardan so'ng, Roanldu Lissabonga yo'l olgan. U onasiga haftada bir-ikki marotaba qo'nqiroq qilardi. Krishtianu 16 yoshidan boshlab giyohvandlikni tashlab, davolanayotgan akasiga pul yuborar edi. 2002 yil oktyabr "Joze Alvalade" stadioni: "Moreyrense"ga qarshi bahsda Ronaldu gol urdi. Buni ko'rgan Doloresh xursandligidan hushidan ketadi. O'sha to'p Ronaldu faoliyatidagi birinchi gol edi.

Lionel Messi

Seliya Kuchchittini 1978 yil 17 iyunda Xorxe Messiga turmushga chiqadi. Ikki yosh o'sha kuni asaloyiga ketishni rejalashtirishgan edi. Ammo bu ish bir necha kunga qoldiriladi. Sababi, Argentinada JCH-78 bo'lib o'tayotgan edi. 18 iyunda turnir mezbonlari Rosario shahrida braziliyaliklarga (hisob — 0:0) qarshi maydonga tushgandi. Xorxe armiyaga ketgunicha "Nyuell’s Old Boys"da to'p tepgan. SHuning uchun, u bu o'yinni o'tkazib yuborishni istamagan edi.

Xorxe Messi qo'rg'oshin quyish zavodida cex boshlig'i bo'lib ishlagan va tikanli simlar ishlab chiqarish bo'limiga javob bergan. Seliya esa fabrikada faoliyat yuritgan. Ammo farzandlari tug'ilganidan so'ng uylarni tozalab, pul to'plagan. Ikki yosh to'ng'ich farzandiga Rodrigo, ikkinchisiga esa Matias deb ism qo'yishdi. Uchinchi bola qiz bo'ladi deb umid qilib, kutishgandi. Yo'q, u ham o'g'il edi. Futbolning bo'lajak yulduziga Lionel deb ism qo'yishdi. Argentinaliklar uchun “Leonel” deb chaqirish osonroq edi. Lekin Messining ota-onasi amerikalik qo'shiqchi Layonel Richiga (Lionel Richie) havas qilib, shunday ism qo'yishgan degan tahminlar bor. Biroq hech kim bu haqida rasman bayonot bergan emas. Mish-mishlar Richining qulog'iga etib borganidan so'ng, qo'shiqchi Janubiy Amerikaga gastroli chog'ida Xorxe va Seliya bilan tanishishni rejalashtirgan ekan.

Messining orzulari ushalishi uchun butun oila 2000 yil Rosariodan Barselonaga ko'chib o'tadi. Biroq Seliya tez orada ikki o'g'li va qizi bilan yana Argentinaga qaytadi. Oila ikkiga bo'lindi: Xorxe Ispaniyada qoldi. Matias onasiga kompyuterda veb-kameradan foydalanishni o'rgatdi. SHundan keyin Seliya har kuni kichik o'g'li bilan internet orqali suhbatlashar va ko'z yoshlarini zo'rg'a ushlab turardi. Seliya bugungi kunda nafaqat ona, balki 7ta nabiraning buvisi hamdir. Lionel onasining tug'ilgan kuniga quyidagicha sovg'alar ham hadya qilib turadi.

Pol Pogba

Pogbaning otasi farzandlari bolalik paytida futbol maktabi ochgan. U erda Pol va uning egizak akalari ham bor edi. Lekin ularning onasi Yeo Moribaning kenjasiga mehri bo'lakcha edi. U doim o'g'lining yonida turib, unga maslahat berar edi.

2012 yil qishda Aleks Fergyuson 18 yoshli futbolchi tez orada o'yinlarda ishtirok etolmasligini malum qildi. CHunki Fergyusonning iltimosiga ko'ra 37 yoshli Pol Skoulz jamoaga qaytishi kerak ekan. Pogba buni eshitib yig'lab yubordi. Murabbiyning qaroridan norozi bo'lgan ona o'g'lini tinchlantirishga harakat qilib, "Yuventus" bilan shartnoma imzolashga kirishdi. Fergyuson keyinchalik qilgan ishidan afsuslanib, vaziyatni to'g'rilash uchun shaxsan o'zi o'yinchining uyiga bordi. Ammo Yeo endi kech ekanini aytib, unga rad javobini berdi. To'rt yildan so'ng "Qizil iblislar" turinliklarga 105 million evro to'lab, Pogbani qaytarib olishdi. Oradan ikki yil o'tib, Pol Jahon Kubogiga sazovor bo'ldi.

Diego Maradona

"Onam mening katta baxtim. Men u uchun hamma narsaga tayyorman", — Argentina futbol qiroli doim shunday deb takrorlardi. Dalma Salvadoraning yana 7ta farzandi bor edi. Futbolchining oilasi juda nochor edi. Ular Buenos-Ayresning janubiy qismida yashashgan. Maradona shunday eslaydi: "Ovqat tanavvul qilishga o'tirganimizda, onam doim oshqozoni og'riyotganini aytib, ovqat emasdi. Men 13 yoshdagina bu yolg'on ekanini tushunib etdim — taom hammaga etmas ekan. Biz to'yib ovqatlanashimiz uchun u shunday der ekan".

Donya Tota (Maradona onasini shunday chaqirardi) o'g'li ilm olib, buxgalter bo'lishini istagan ekan. Lekin to'p o'ynashiga ham qarshilik qilmagan. Ona bazida o'g'lidan achchiqlansa, ko'chaga chiqarmasdi. Lekin o'yin boshlanishidan 5 daqiqa oldin jahlidan tushib, to'p tepishga ruhsat berardi. Maradona katta qiziga onasining ismini qo'ygan. U volidasini shunchalik yaxshi ko'rardiki, hattoki, beliga tatuirovka chizdirib, unga quyidagi so'zlarni yozdirgan edi: "Tota, sizni yaxshi ko'raman".

Maradona BAAning "Al-Vasl" klubida to'p tepayotgan vaqtlar. 2011 yil noyabrda unga onasining ahvoli juda og'irligini aytib qo'ng'iroq qilishdi. Maradona birinchi reys bilan samoletga o'tirgan bo'lsa-da, uyiga etib olishi uchun 16 soat parvoz qilishi kerak edi. U ulgurmadi. Uyga etib borganida, Dalma vafot etgandi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика