Masharipov "Al Nassr"dagi raqamini Ronaldu uchun o'zgartirganini tasdiqladi
14 dek 2022 21:00
Yangiliklar


Masharipov "Al Nassr"dagi raqamini Ronaldu uchun o'zgartirganini tasdiqladi
Kecha, 13 dekabr kuni saytimiz orqali Jaloliddin Masharipovning "Al-Nasr"dagi raqami o'zgargani haqida xabar bergan edik.
Hamyurtimiz Saudiya Arabistoni klubida 77-raqam ostida shug'ullanmoqda. Biroz avval shaxsan Masharipovning o'zi bilan bog'landik va u 7-raqamni aynan Krishtianu Ronaldu uchun bo'shatib qo'yganini tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Jaloliddin Masharipov: "7-raqamni mendan qandaydir Osiyo yoki evropalik futbolchi emas, Ronalduga berishi mumkinligini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar