"Mashal"ning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlari
11 jan 2014 09:07
Yangiliklar

"Mashal"ning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlari
Bir yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytgan “Mashal” shu kunlarda Yangierda yangi mavsum uchun hozirlik ko'rmoqda.
Yig'inning ikkinchi qismi 18 yanvargacha davom etadi. Xabaringiz bor, 8 yanvar kuni muborakliklar Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Endi jamoamizning navbatdagi nazorat bahsi 12 yanvar kuni Yangierda “Dinamo”ga qarshi bo'lib o'tadi. O'yin 13:00da boshlanadi. Keyingi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi esa 17 yanvarga belgilangan. SHu kuni “gazchilar” dastlab soat 13:00da “So'g'diyona” bilan kuch sinashishsa, keyin 15:00da Qozog'istonning “Ordabasi” klubi o'rinbosarlariga qarshi maydonga tushishadi. Ertasi kuni esa tushdan keyin futbolchilarga uch kunlik tatil beriladi.

Fikrlar